So’nggi yangiliklar

13:36Германия терма жамоаси 2001 йилдан бери илк бор Жаҳон чемпионати саралашида гол уролмади  0 13:09Қирғизистон Ўзбекистон билан ўйин олдидан 2 та йўқотишга эга  3 12:41IShowSpeed Қозоғистонга келади  0 12:14"Барселона" келаси ёз учун иккита топ-трансферни режалаштирган  1 11:33Месси Жаҳон чемпионатида қатнашадими?   10 10:47Юлиан Нагельсман кечаги мағлубиятдан сўнг шогирдларини кескин танқид қилди  3 10:15МЮ Онанани ижарага бериши мумкин  3 09:40Бразилиялик бизнесмен бутун бойлигини Неймарга қолдирди  18 09:20Италия терма жамоасининг собиқ устози "Фенербахче"ни бошқаришга асосий номзод  3 09:00Месси ўйиндан олдин кўз ёшларини тўхтата олмади. Баҳс якунидан сўнг мухлислар билан хайрлашди  10 08:35ЖЧ-2026. Яна учта терма жамоа мундиал йўлланмасини қўлга киритди  9 08:06CAFA Nations Cup. Бугун Қирғиз Республикасига қарши майдонга тушамиз  12 07:39ЖЧ-2026 саралаш. Аргентина, Бразилия ва Уругвай йирик ҳисобда ғалаба қозонди  6 01:45ЖЧ-2026 саралаши. Германия мағлуб бўлди, Нидерландия дуранг ўйнади ва бошқа натижалар билан танишинг  9 01:20Валерий Карпин: "Иорданиядан бунақасини кутмагандик"  12

Ana xolos! Magometov besh marta o'zini o'zi tayinlab, besh marta o'ziga o'zi hisobot topshirdi Yangiliklar

Ana xolos! Magometov besh marta o'zini o'zi tayinlab, besh marta o'ziga o'zi hisobot topshirdi

Malumki, bu yildan etiboran oliy liganing har bir o'yiniga PFL tomonidan komissar tayinlanyapti.
Komissarning o'yin paytida amalga oshiradigan ishi nihoyatda ko'p (xususan Osiyo chempionlar ligasi uchrashuvlarida ko'rganmiz), lekin o'zimizning oliy ligada ular nima bilan mashg'ul, ochig'i unchalik tushunmayapmiz.

OFK PFLga ichki chempionatning har bir o'yiniga komissar qo'yasan dedi, PFL ham shartta bu shartni bajarishga kirishdi. Etibor bering, hozircha oliy liiganing besh turi yakuniga etdi. Bu esa 35ta o'yin deganidir. Mana shu 35ta uchrashuvning hammasida komissar (boshqacha aytganda PFL vakili) ishladi.

Lekin qizig'i shundaki, PFL tomonidan 2014 yilgi futbol musobaqalari uchun reglamentning 11-moddasida shunday deyilgan: oliy liga bahslarida ishlaydigan komissarlar ro'yxatini PFL direktori tuzadi va tasdiqlaydi. Bundan tashqari, har bir komissar o'zi ishtirok etgan o'yin hisobotini PFL bosh direktoriga topshiradi.

SHundan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, Farhod Magometov shu kungacha besh marta o'zini o'zi tayinlab, besh marta o'ziga o'zi hisobot bergan bo'lib chiqyapti. CHunki PFL bosh direktori hozircha beshta o'yinda (“Olmaliq” - “Metallurg”, “Lokomotiv” - “Nasaf”, “Bunyodkor” - “Olmaliq”, “Neftchi” - “Qizilqum”, “Bunyodkor” - “Lokomotiv”) uchrashuv komissari sifatida faoliyat ko'rsatdi.

SHu o'rinda bizni o'ylantirayotgan masala shuki, PFL rahbari o'zini o'zini komissar etib tayinladi ham deylik, lekin o'ziga o'zi qanday hisobot topshirgan? Har holda “Men kim, falonchi turning falonchi o'yinida komissarlik qilgan Farhod Magometov PFL bosh direktori Farhod Abdualievichga shuni malum qilamanki, kechagi futbol bellashuvi hech qanday tortishuvlarsiz, tinch va osuda o'tdi” degan mazmunda bo'lmasa kerak. Yanayam bilmadik.

Xayrulla Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика