Ana xolos. "Lokomotiv" futzalchilari ish tashlash elon qilishdi
07 iyu 2018 15:20
Yangiliklar


Ana xolos. "Lokomotiv" futzalchilari ish tashlash elon qilishdi
Bugun futzal bo'yicha O'zbekiston chempionatining 11-turidan o'rin olgan bahslar bo'lib o'tmoqda.
Ushbu tur doirasida "Paxtakor" va "Lokomotiv" o'rtasidagi Toshkent derbisi bo'lib o'tishi lozim edi. "Lokomotiv" futzal jamoasi "Yoshlik" zaliga tashrif buyurdi, biroq 3 oydan buyon maosh olishmayotgani uchun uchrashuvda ishtirok etishdan bosh tortishdi va ish tashlash elon qilishdi.
Mazkur o'yinda "Lokomotiv"ga texnik mag'lubiyat yozildi. Malumot uchun, "Lokomotiv" bu mavsum 20ta uchrashuv o'tkazib 7ta g'alaba, 4ta durang va 9ta mag'lubiyat qayd etgan. 25 ochko jamg'argan jamoa musobaqa jadvalida 12ta klub orasida 8-o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar