Ana xolos! "Lans" etakchisi "Roma"da tibbiy ko'rikdan o'tolmadi
30 avg 2024 13:28
Yangiliklar
Ana xolos! "Lans" etakchisi "Roma"da tibbiy ko'rikdan o'tolmadi
"Lans" Kevin Danso "Roma"da tibbiy ko'rikdan o'tolmagani haqida bayonot berdi. 25 mln evrolik transfer bekor qilindi.
Himoyachi kecha Italiya poytaxtiga uchib borgan va bir qator ko'riklardan o'tgan. Biroq kechga yaqin uning 23 mln evro va 2 mln evro miqdoridagi qo'shimcha bonuslar evaziga sotib olish majburiyatini ichiga olgan ijara shartnomasi to'xtatilgan.
Bu Dansoda qandaydir yurak anomaliyasi borligini anglatishi mumkin, deyiladi xabarda.
Italiyada sport bilan shug'ullanish huquqini beruvchi tibbiy testlar o'ta qattiq tartibda o'tadi, shu sababli Kristian Eriksen "Inter"ni tark etishga majbur bo'lgan – unga yurak defibrillyatori o'rnatilgan holatda sport bilan shug'ullanishga ruxsat berilmagan.
Ayni paytda "Roma" allaqachon Danso o'rniga boshqa futbolchi topgan. Rim klubi 9 mln evro (+1 mln evro bonus)ga sotib olish huquqi bilan "Yuventus"dan Tiagu Jaloni ijaraga oladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Жирона" "Барселона"ни мағлуб этди! Ямалда омадсиз пенальти, якунда эса муштлашув
ЕЧЛ. Винисиуснинг ягона голи "Реал"га "Бенфика" устидан ғалаба тақдим этди. Моуринью четлатилди
Рафинья: "Қоидалар ҳамма учун турлича бўлиши жуда оғир"
Флик кечаги кутилмаган мағлубият сабабини айтди
Fikrlar