So’nggi yangiliklar

13:39"Челси" "Барселона" аъзоси учун 30 млн евро тўлашга тайёр  0 13:12Ўзбекистон U-20 терма жамоаси устози: "Пенальтилардан фойдаланишни кўп маротаба машқ қилгандик"  6 12:58Ўзбекистон МТЖ собиқ футболчиси "Бунёдкор"да иш бошлади  0 12:30"Манчестер Сити" собиқ футболчиси Ҳусановни мақтади  10 12:03Слот – Гвардиолани АПЛнинг бир мавсумида икки марта мағлуб этган "Ливерпул"нинг биринчи мураббийи!  5 11:37"Барселона" 80 млн еврога баҳоланаётган туркиялик футболчига қизиқмоқда  5 11:09Хаби Алонсо – рекордчи!  1 10:41А Серия тўпурарларидан бирига «Арсенал» ва «Ливерпуль» асосий даъвогар  0 10:07Ўртоқлик учрашуви. «Насаф» «Шахтёр»ни мағлуб этди  4 09:36«Андижон» икки нафар футболчини ижарага берди. Бири Қозоғистон чемпионатига йўл олди  0 09:01Гвардиола Ҳусановнинг ўйнига юқори баҳо берди  17 08:33АПЛнинг жорий турида ушбу кўрсаткич бўйича Ҳусанов тенгсиз!  5 08:00Гвардиола кечаги учрашувдан сўнг нималар деди?  6 07:18Sofascore. Ҳусанов ва унинг шериклари «Ливерпул»га қарши учрашувда қандай баҳо олишди?  6 07:02Бурчак зарбасидан гол ва ассистлар. Неймар «Сантос»га йирик ғалабани тақдим этди  5

Ana xolos! La Liga de Yong tufayli Levandovski va Rafinyani ro'yxatdan o'tkazmaydi Yangiliklar

Ana xolos! La Liga de Yong tufayli Levandovski va Rafinyani ro'yxatdan o'tkazmaydi

Liga Rafinya va Robert Levandovskini ro'yxatdan o'tkazishga qarshilik qiladi.

Ispaniyalik hamkasbimiz Alfredo Martinesning so'zlariga ko'ra, agarda "Barselona" moliyaviy ishlarini La Liga moliyaviy feyr-pley qoidalari asosida tartibga sola olmasa, Liga klub yangi o'yinchilarini ro'yxatdan o'tkazishiga ruxsat bermaydi.

Agarda Frenki de Yongning maoshi sezilarli darajada kamaysa yoki u boshqa klubga sotib yuborilsa, masala kataloniyaliklar uchun ijobiy hal bo'ladi.

La Liga prezidenti Xaver Tebas avvalroq, Frenki katta summaga sotilsagina "Barsa" yangi o'yinchilarni ro'yxatdan o'tkaza olishi haqida ogohlantirgandi.

Kataloniyaning "Catalunya Ràdio"si xabariga ko'ra, futbolchi "Barselona" qolishni istasa maoshi kamayishiga rozi bo'lishga majbur. "Barsa" vakillari va futbolchi 2019 yil imzolagan shartnomaga muvofiq, shu yoz xavbekning maoshi ikki barobar oshdi.

Frenki va uning vakillari maoshning kamayishiga butkul rozi emas. O'z navbatida Xavi Frenkiga klubning shartlariga rozi bo'lmasa, mavsumni zaxira o'rindig'ida o'tkazishini "vada bergan".

Yana bir qiziq tomoni, de Yong mavsumoldi yig'inning barcha uch o'yinida markaziy himoyachi poziciyasida to'p tepdi. "Yuventus"ga qarshi o'yin tanaffusida (2:2) Frenki Erik Garsiyani alishtirdi. Xavi ixtiyorida Ronald Arauxo, Jerar Pike, Erik Garsiya va Andreas Kristensen bo'lishiga qaramay, niderlandiyalik futbolchini markaziy himoyachi poziciyasida o'ynatmoqda. Bundan tashqari yaqin kunlarda "Barsa" safiga Jyul Kunde ham kelib qo'shilishi kerak.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика