Ana xolos! Klopp "Liverpul"dan ketish haqida o'ylamoqda, klub uning o'rniga nomzodlar topib qo'ydi
25 okt 2020 11:47
Yangiliklar


Ana xolos! Klopp "Liverpul"dan ketish haqida o'ylamoqda, klub uning o'rniga nomzodlar topib qo'ydi
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoadan ketishi mumkin.
Manbaning xabariga ko'ra, germaniyalik mutaxassis jiddiy tarzda Angliya klubidan ketish haqida o'ylamoqda.
"Qizillar" rahbariyati murabbiyning ehtimoliy ketishiga tayyorlar va Kloppning o'rniga ikki nomzodni topishdi. Bosh variant bir yil avval "Tottenxem"dan ketgan va ishsiz yurgan Maurisio Pochettino hisoblanadi.
Agar argentinalik taklifni rad etsa, "Liverpul" "Lids" bosh murabbiyi Marselo Belsaga murojaat qiladi. Jamoa uning qo'l ostida APLga qaytdi va jadvalda 4-o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar