Ana xolos, Iroq bosh murabbiyi besh oydan beri maosh olmayapti
14 iyu 2021 14:44
Yangiliklar
Ana xolos, Iroq bosh murabbiyi besh oydan beri maosh olmayapti
Gap shundaki, ushbu mutaxassisga Iroq futbol federaciyasi oxirgi 5 oydan beri maosh to'lamayapti. Bu haqda sloveniyalik murabbiyning o'zi jurnalistlarga bergan intervyusida aytib o'tdi.
Malum bo'lishicha, federaciya hozirgi paytda murabbiyning faqat bir oylik maoshini berishi mumkin. Srechko Katanec esa pullar to'liq berilmasa terma jamoadan ketishini aytgan. Federaciya rahbariyati hatto uning o'rniga boshqa murabbiy ham topib qo'ydi, bu - chexiyalik Miroslav Soukup.
Eslatib o'tamiz. Iroq terma jamoasi JCH saralash bahslari ikkinchi raundida 17 ochko bilan guruhda peshqadamlik qilyapti. Ikkinchi o'rinda esa 15 ochko to'plagan holda Eron bormoqda. Ertaga har ikki jamoa birinchi o'rinni hal qilish olish uchun o'zaro kurash olib boradi.
Fikrlar