So’nggi yangiliklar

07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  0 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  0 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  7 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  28 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  30 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  4 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  0 00:40Шоҳруз Норхонов расман "Қизилқум"да қолади  1 00:30Расман: Дилшод Аҳмадалиев – "Бунёдкор" футболчиси!  0 00:20Росеньор "Челси" устози сифатида илк уй учрашувида "Арсенал"га қарши тўқнаш келиши ҳақида гапирди  4 00:07Бруну ва Магуайр жароҳатдан қутулиб, МЮ қайдномасига қайтишди  0 23:19Жуд Беллингем: "Биз Хаби Алонсо биланмиз. Эртага реванш олишга ҳаракат қиламиз"  0 23:11Хаби Алонсо: "Эртанги ўйин 2:5 каби бўлмаслигига 100% аминман. Эртага бошқача тарих ёзилади"  2 22:20Ўйнайди ё ўйнамайди? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  2

Ana xolos! Hal qiluvchi pallada "Nasaf"dan 3 ochko olib tashlanadi Yangiliklar

Ana xolos! Hal qiluvchi pallada "Nasaf"dan 3 ochko olib tashlanadi

Superligada "jo'jalarni sanaydigan" paytdamiz.

Bugun kumush medallar uchun kurashayotgan 2 klub Jizzaxda o'zaro to'qnashganidan xabaringiz bor.

So'g'diyona

Shohruz Norxonov - 50'

Superliga. 25-tur

20/11/2021, 14:00

1
:
1
Tugadi

Nasaf

Husayin Norchaev - 79'

45'
90'
15'  Elyor Orifov (SHahboz Jo'rabekov)
50'  Shohruz Norxonov
50'  Jasur Hasanov O
62'  Marko Kolakovich
80'  Jasur Hasanov O (Ergash Ismoilov)
84'  Ayubxon Nomanov (Darko Stanoevich)
84'  ZHavohir Qahramonov (Jasur Hakimov)
90'  Sardor Qulmatov
29'  G'olib G'aybullaev
61'  Marko Stanoevich
65'  ZHo'rabek Mannonov (Dilshod Saitov)
65'  SHohmalik Komilov (Bahrom Abdurahimov)
65'  Andriya Kaluderovich (Husayin Norchaev)
79'  Husayin Norchaev
82'  Abubakrrizo Turdaliev (Akmal Mozgovoy)
82'  Sukhrob Nurulloyev (Alibek Davronov)

Ushbu uchrashuv to'g'risida maqola yozayotib, qiziq malumotga duch kelib qoldik. Bu AGMK va "So'g'diyona" jamoalari uchun yoqimli, "Nasaf" uchun juda ham yoqimsiz fakt.

Gap shundaki, bugun ogohlantirilgan Marko Stanoevich mavsumdagi 5-sariq kartochkasini ishlab oldi. Eng qizig'i, u 4 ta ogohlantirishdan keyin 1 ta o'yinni o'tkazib yubormagan ekan. Aniqroq aytsak, serbiyalik futbolchi 11 noyabr kuni "Surxon" bilan o'yinda mavsumdagi 4-sariq kartochkasini olgan va 4 kundan keyin o'tkazilgan "Qo'qon-1912"ga qarshi o'yinda ham maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan edi. 

Bu O'FA "Intizom kodeksi"ning 5.45-bandiga xilof hisoblanadi. “2021 yilgi mavsumda O'zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o'tkaziladigan musobaqalar Reglamenti”ning 17.10-bandi esa bunday holatda "Nasaf" 3:1 "Qo'qon-1912" o'yini natijasini bekor qilib, Qarshi klubiga texnik mag'lubiyat, qo'qonliklarga esa texnik g'alaba yozilishini talab qiladi. SHuningdek, "ajdarlar"ga "Intizom kodeksi"ga muvofiq jarima solinadi.

Agar shunday bo'lsa, ayni paytda musobaqa jadvalida 3-bo'lib turgan "Nasaf"ning ochkoli 42 taga tushib, 4-pog'onaga pastlaydi va kumush medal uchun kurashdan avtomatik ravishda chiqib ketadi. CHempionatdagi 2-o'rin masalasi esa 26-turda Olmaliqda hal bo'ladi.

MAQOLA: "Kino davom etadi": "Nasaf" Diakite uchun jarima to'laydi 

Faxriddin Ro'ziev

Muallif :
Reyting: -46   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика