So’nggi yangiliklar

01:16Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария"дан 10та гол қабул қилган "Окленд Сити" "Бенфика" билан ўйинда ҳам кўп гол ўтказиб юборди  0 01:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. Жексон туғилган кунида 4 дақиқадаёқ қизил карточка олган ўйинда "Челси" мағлубиятга учради  7 00:58Асрор Алиқулов: "Айрим футболчиларимиз Суперлига даражасига тайёр эмас"  0 00:38Виртц бу рейтингда учинчи бўлди  0 00:08Рўзиқул Бердиев: "Ёзда камида 2-3 футболчини олиб келамиз"  1 23:49Виталий Левченко: "Бухоро" ўзига муносиб бўлмаган жойда"  10 23:28Расман: "Ливерпуль" Виртцни 136 млн эвазига сотиб олди  8 23:12"Бухоро" ёрдамчи мураббийи: "Ҳакам нега футболчиларимизни сўкади? Ҳакамнинг "Нефтчи"га ёрдам бериши шарт эмасди"  9 22:47ПСЖ "Борнмут"га 55 млн таклиф қилди ва рад жавобини олди  0 22:25Саудия Арабистони клублари Фермин Лопесга қизиқиш билдирмоқда. "Бавария" ҳам футболчини ўз сафида кўрмоқчи  3 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Бухоро" устидан қийин ғалабага эришди  35 22:00Суперлига. Ғузорда кечган воҳа дербисида "Насаф" "Машъал"дан устун келди  49 21:25"Ливерпуль" ва "Кристал Пэлас" ўртасидаги Суперкубок ўйини қачон ўтказилиши аниқ  4 21:06Онанага харидор чиқди. МЮ дарвозабонга ўринбосар топиб қўйган  1 20:45"Вулверхэмптон" 25 миллион евролик трансферни амалга оширди  0

Ana xolos. Eronda ayollar stadionga kiramiz deb to'polon qilmoqda Yangiliklar

Ana xolos. Eronda ayollar stadionga kiramiz deb to'polon qilmoqda

Eron terma jamoasi JCH-2018 yo'llanmasini ijobiy hal qildi. Bu jamoa kelasi yil Rossiyada bo'lib o'tadigan jahon chempionatida ishtirok etadi.

Eron musobaqa mezboni Rossiyani hisobga olmaganda Braziliyadan so'ng ikkinchi bo'lib mundial yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Mamlakatda odamlar xursand, ko'pchilik bu muvaffaqiyatni ulkan xursandchilik bilan kutib oldi, lekin hamma ham emas. Ayniqsa, ayollar deyarli bayram qilishmadi. CHunki ularning stadionga kirishiga hukumat tomonidan ruxsat berilmagan.

- Men terma jamoamizning jahon chempionatiga chiqqanidan xursandman, lekin ich-ichimdan bunday quvonchli damni stadionda ko'ra olmayotganimdan xafaman. CHunki biz o'yingohlarga bora olmaymiz. Eronda ayollar - unutilgan muxlislar hisoblanadi, - deydi Sara ismli futbol ishqibozi "The World Game" nashriga bergan intervyusida.


 - Men 21 yildan beri futbol tomosha qilaman, lekin stadionga borib ko'rish boshqacha. Hozirgi sharoitda men xuddi inson emasga o'xshayman. Ha, afsuski bizda shunday, - deydi Sara. 

Sara Tehrondagi "Stadionlarni oching" guruhini tashkil etgan ayol. Guruh qizlari birinchi bor 2005 yil "Ozodi" stadioni oldida bizni ham stadionga kiritinglar degan maqsadda namoyish o'tkazishgandi. O'shanda Eron o'z maydonida JCH saralash bosqichi doirasida Bahraynni qabul qilgandi. Ammo oradan shuncha yil o'tgan bo'lsa ham bu qonun o'z kuchida turibdi.


2009 yil Sara va uning uch dugonasi "Ozodi" stadioniga kirishga muvaffaq bo'lishadi. Qanday qilib deysizmi? Policiya ularga koreyalik ayollar bilan kirishiga ruxsat beradi. O'shanda Eron o'z maydonida Janubiy Koreyani qabul qilgandi. Bu haqda Sara shunday deydi: 

 - Xorijlik ayollar-qizlar "Ozodi" stadioniga kirishlari mumkin. Janubiy Koreya termasi kelgan payt men va uch dugonam ular bilan stadionga kirgan va ular o'tirgan sektorda o'tirgandik. O'shanda juda qo'rqib ketgandim, chunki hukumat bu ishim uchun meni va uch dugonamni jazolashi mumkin edi. Lekin xayriyat, policiyachilar o'shanda bizni tushungan va jim o'tirsanglar bo'ldi degandek hech kimga aytishmagandi.

Jurnalist Saradan o'sha o'yinni yodga olsangiz degan savoliga shunday javob bergan: 

- O'yin 1:1 hisobida tugagandi. Bu mening "Ozodi" stadioniga birinchi kirishim bo'lgan va hozirgacha oxirgisi bo'lib turibdi. Nima holat ro'y bermasin men o'shanda chindan baxtli edim. Terma jamoang o'ynaganda stadiondagi muhitni o'z ko'zing bilan ko'rish chinakam baxt. Afsuski, bir yildan so'ng vaziyat o'zgardi, hukumat keskin qarorlar qabul qildi va endilikda stadionga borish umuman imkonsiz. 

Hozirgi kunda "Stadionlarni oching" guruhi kompaniyasini qo'llab-quvvatlayotganlar ko'plab topilmoqda. SHulardan biri terma jamoa sardori Masud SHojayi. Greciyaning "Panionios" klubida to'p tepayotgan tajribali o'yinchi hatto Eron prezidenti Hassan Ruhoniy bilan shu mavzuda uchrashishga ulgurdi. 

 - Men muhtaram Ruhoniy bilan uchrashdim, biz stadionlarga qizlar va ayollarni kiritishga ruxsat berilishi haqida gaplashdik, - deydi SHojayi. - Bizda futbolni sevadigan ayollar juda ko'p. Ular ham stadionga kirsam deydi. Agar mamlakatda 200 ming kishilik stadion barpo etilib ayollarning ham kirishiga ruxsat berilsa, o'ylaymianki, 200 ming odam keladi. Qachondir Eronda ayollarga ham futbolga borishiga ruxsat beriladi deb umid qilaman.


Izoh: Eron policiyasi ayollarning stadionga kirishiga ruhsat bermayapti. 8 iyun, 2005 yil.



Izoh: Eronlik muxlisalar panjara ortida terma jamoa mashg'ulotini kuzatishmoqda. 22 may, 2006 yil.


OFK ijroiy qo'mitasi vakili Moya Dodd 2013 yil Eronga kelgani va nimalarni ko'rgani haqida so'zlab berdi: 

 - Menimcha, futboldagi eng katta adolatsizlik ayollarning stadionga kirishiga ruxsat bermaslik bo'lsa kerak. Eronda ayollar futboldan mahrum. Vaholanki, ular shu futbolchilarning onasi, opasi yo singlisi, turmushi o'rtog'i, qarindoshi va hokazo bo'lishi mumkin. Men 2013 yil FIFAning avvalgi prezidenti Zepp Blatter bilan Eronga borgandim. U erda stadionga kirishni judayam xohlaydigan jasur ayollarni uchratganimiz hamon yodimda.

FIFAning hozirgi bosh kotibi Fatma Samura ham xuddi Moya Dodd kabi ayollarni stadionga kiritish tarafdori. 

 - Men futbol tufayli bir qator o'zgarishlarni amalga oshira olamiz deb o'ylayman. Bazi to'siqlarni olib tashlashimiz ham mumkin. Lekin bir narsani unutmaslik lozim, FIFA hech bir davlatning ichki ishi hamda siyosatiga aralasha olmaydi. SHu bois bu masalaga juda ehtiyot bo'lib yondoshgan maqul, - deydi FIFA xodimi Fatma Samura. 

Eronlik muxlisa Saraga kelsak, u hali ham o'z huquqi uchun kurashishda davom etmoqda. Sara qachondir Eronda ayollarning stadionga kirishiga ruxsat beriladi deya ishonib yashamoqda. O'zining aytishicha, jim yurgan bilan hech narsaga erishib bo'lmaydi. 

X.Xoliqov tayyorladi.

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика