Ana xolos. Eden Azar "El Klasiko"da ishtirok etmaydi

Alisher
5 dek 2019, 17:35
Madridning "Real" jamoasi yarim himoyachisi Eden Azar muhim bahsni o'tkazib yuboradi.

Bugun, "Real" futbolchi o'ng oyog'idan jarohat olganini e'lon qildi. Futbolchining tiklanish jarayoni haqida keyinroq ma'lum qilinadi.

Shunday qilib, belgiyalik futbolchi "El Klasiko"ni o'tkazib yuboradi.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" va "Real" o'rtasidagi o'yin 18 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:55da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca