Ana xolos. 36 yoshli Kaka futbolga qaytishi mumkin
30 sen 2018 23:15
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/455982_original.jpg)
![](/upload/storage/455982_220.jpg)
Ana xolos. 36 yoshli Kaka futbolga qaytishi mumkin
Milan va Real klublari sobiq futbolchisi Kaka yana maydonga qaytishi mumkin.
Italiyaning «Monca» klubi yangi xo'jayinlari Silvio Berluskoni va Adriano Galliani braziliyalik futbolchiga qiziqib qolishdi.
Berluskoni va Galliani 36 yoshli Kaka bilan «Milan»da birga ishlashgan. Braziliyalik 2017 yil dekabr oyida futbolchilik faoliyatini yakunlagan edi.
Oldinroq Kaka «Milan»ga boshqaruv tizimida ish boshlashi mumkinligi haqida xabarlar chiqqandi. «Monca» ayni paytda Italiya S seriyasida (3-divizion) ishtirok etmoqda.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar