Ana holos! MYU ikki futbolchisini APL ro'yxatidan chiqarib yubordi
20 okt 2020 22:29
Yangiliklar
Ana holos! MYU ikki futbolchisini APL ro'yxatidan chiqarib yubordi
"Manchester Yunayted" APL uchun topshirgan futbolchilari ro'yxatida o'zgarishlarga qo'l urdi.
"Sky Sports" xabariga ko'ra, klub Serxio Romero hamda Fil Jonsni ro'yxatdan chiqarib yuborgan. Oldinroq ular ECHL uchun qaydnomaga ham kiritilmagandi.
Jonsning o'rniga evrokuboklar uchun ro'yxatdan o'tkazilmagan Markos Roxo APL ro'yxatiga qo'shildi.
Eslatib o'tamiz, transferlar oynasining so'nggi kunida "Everton" Romero borasida "Manchester Yunayted"ga 8 mln funtlik taklif jo'natgandi. Biroq bunga mankunianliklar rad javobini bergan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar