Ana holos! Mourinodan kambek bo'lishi mumkin
20 mar 2019 22:27
Yangiliklar


Ana holos! Mourinodan kambek bo'lishi mumkin
Hozirda yomon ahvolda qolayotgan "CHelsi" boshqaruvini keyingi mavsumda Joze Mourino qabul qilib olishi mumkin.
Oldinroq Joze yozda ishga qaytishini va mavsumoldi turnelarda yangi jamoasi bilan qatnashishini aytib o'tgandi.
Angliya matbuotining "CHelsi"dagi manbalariga ko'ra malumot berishicha, "aristokratlar" portugaliyalik mutaxassis bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. Agarda, "CHelsi"ning natijalari yomonlashib ketadigan bo'lsa, Sarri istefoga chiqariladi va vaqtinchalik murabbiy ishlaydi. Mourino esa rejadagidek, keyingi mavsumdan "CHelsi" boshqaruvini o'z qo'liga oladi.
Joze dekabr oyida "Manchester Yunayted"dan istefoga chiqqandi. Qayd etish kerak, Mourino bunga qadar ikki marta "CHelsi"ni boshqargan va o'shanda jamoani APL chempioniga aylantirgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar