Amorim: "Siti" bizdan ko'ra yaxshiroq holatda"
13 dek 2024 22:46
Yangiliklar


Amorim: "Siti" bizdan ko'ra yaxshiroq holatda"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim derbida jamoasi g'alaba qozonishga harakat qilishini aytdi.
"Yana bir kuchli raqibga qarshi o'yin. Ikkala jamoa ham ayni damda qiyinchiliklar davrida, shu sababli haqiqiy derbi zavqini keyinroq his qilamiz deb o'ylayman.
Bilaman, bu muxlislar uchun juda muhim o'yin, men jamoaning o'yinini yaxshilashga harakat qilyapman. Biz ham g'alaba umidida maydonga tushamiz.
Ayni damda "Siti" o'yinni tushunish, ishonch va uslub borasida bizdan ko'ra yaxshiroq holatda. Biz esa ko'plab aspektlarni yaxshilashimiz kerak. Bizda ham tizim bor, albatta. SHu sababli g'alaba qozonishga harakat qilamiz", - dedi Amorim.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar