Amorim: "Qo'limizda tanlagan o'yin uslubimizga mos keladigan elementlar yo'q"
31 dek 2024 12:21
Yangiliklar


Amorim: "Qo'limizda tanlagan o'yin uslubimizga mos keladigan elementlar yo'q"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim APL navbatdagi turida "Nyukasl"ga imkoniyat boy berilganidan (0:2) keyin fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Biz [birinchi] gol qo'yib yubordik. Bunday holatlarda chinakamiga o'yinga qaytish zarur. Biz bunga harakat qilib ko'rdik ham, ammo bunday vaziyatlardan chiqib ketish uchun tanlagan o'yin uslubimizga mos tushadigan elementlar yo'q.
Raqib yaxshiroq o'yin o'tkazdi. Ular uchrashuv tizginini o'z qo'llarida ushlab turishdi. Ular barchasini chinakam jamoadek bajarishdi. Bizda futbolchilar ko'proq individual harakatlarga tayanib qolishdi. Biroq shogirdlarim harakat qilyapti", - dedi Amorim.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar