Amir G'alinoi: "Guruhdagi ikki jamoadan biri sifatida jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritamiz"
27 iyu 2024 16:00
Yangiliklar
Amir G'alinoi: "Guruhdagi ikki jamoadan biri sifatida jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritamiz"
Amir G'alinoi (Eron bosh murabbiyi) qura haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Dunyoda barcha mamlakatlar futbol darajasi jihatdan bir-biriga yaqinlashmoqda. Evropa chempionati misolida bunga guvoh bo'lyapmiz. Biz qiyin guruhdan o'rin oldik. Qatar amaldagi Osiyo kubogi sohibi sanaladi. O'zbekistonning turli yosh toifalari bo'yicha erishayotgan natijalari ham ushbu mamlakat rivojlanayotgan davlatlar qatoridan joy olganini ko'rsatmoqda. BAA ham Qatar singari yaqin yillardan beri futbolga sarmoya kiritib, yaxshi jamoa shakllantirmoqda. Biz saralashda birinchi o'rinni egalladik. Ishonchim komilki, guruhdagi ikki jamoadan biri sifatida jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritamiz va yaxshi o'yinlar ko'rsatib, Eron xalqini xursand qilishga harakat qilamiz", - dedi mutaxassis.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar