So’nggi yangiliklar

08:55"Реал" футболчиси: "Рақсга туш ва ҳеч қачон тўхтама"  2 08:27Трент Александер-Арнолд "Ливерпул"га қайтиши мумкин — Mirror  4 07:58Аутсайдерни мағлуб эта олмаган Микел Артета ўйиндан сўнг нималар деди?  5 07:30Чемпионлар Лигаси 1/16 финалининг биринчи ўйинлари якунлари бўйича “Ҳафта ўйинчиси” мукофотига номзодлар эълон қилинди  7 07:01Ахбор Имомхўжаевнинг ёрқин хотирасига бағишланади: "10000 метр баландликда уюштирилган интервью"  0 03:10ЕЧЛ. ​"Будё Глимт" бу сафар ўз уйида "Интер"нинг тазирини берди, "Атлетико"да дуранг, "Байер"да ғалаба  9 03:05ОЧЛ 2. "Ал Аҳли" ва "Ал Насср" ўз уйларидаги учрашувларда ғалаба қозониб, кейинги босқичга йўл олишди  1 03:05АПЛ. "Арсенал" аутсайдерни мағлуб қила олмади ва ўта муҳим очколарни бой берди  19 01:33"Барселона" Рамазон ойига Ямал учун ўтган йилдаги каби махсус овқатланиш режасини ишлаб чиқди  3 00:45ЕЧЛ. "Ньюкасл Юнайтед" меҳмонда "Карабоғ"ни ўта йирик ҳисобда мағлубиятга учратди  5 23:47Филиппе Коутиньо "Васко да Гама"ни тарк этади  12 23:08Ла Лигада ой ўйинчиси бўлиш учун номзодлар эълон қилинди  1 22:33"Шўртан" назорат учрашувида Қирғизистон клубини йирик ҳисобда мағлубиятга учратди  2 21:17Престианни Винига қилган ирқчилиги учун 10 та ўйинга четлатилиши мумкин  15 20:43"Қизилқум" клуби мураббийига жиноий иш очилди  17

Amir Galenoi: "Eron ikkinchi bo'limda tugadi" Yangiliklar

Amir Galenoi: "Eron ikkinchi bo'limda tugadi"

JCH-2026 saralashi doirasida O'zbekiston termasi maydonidagi durangdan keyin Eron termasi bosh murabbiyi Amir Galenoi hamda futbolchi Ramin Rizoyan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"O'zbekistonni Jahon chempionati saralash o'yinlarida qatnashayotani bilan tabriklayman. Keyini o'yinda ularga omad tilayman. Bu o'yin mening nazarimda juda chiroyli va sifatli bo'ldi. Bizning futbolchilar birinchi bo'limda o'ynashdi, ikkinchi bo'limda tugadi. O'zbekiston termasi ikkinchi bo'limda ikkita gol urdi. Mening o'yinchilarim ikkinchi bo'limda piyoda yurdi. O'zbekiston esa haqiqiy futbol o'ynadi.

Bu o'yin zo'r bo'ldi, gollar chiroyli bo'ldi. Muxlislar maza qilishdi. Futbol bu hayot. Birinchi mashq qilishadi va keyin dars olishadi. Biz bu o'yindan katta hulosalar oldik. Agar yurakdan o'ynalmasa natijaga erishib bo'lmaydi.

Ramin Rizoyan: - Avvalambor, yig'ilganlarga salom. O'yin juda zo'r va chiroyli bo'ldi. Ikki jamoani bu bilan tabriklayman. Birinchi bo'limda Eron zo'r o'ynadi, ikkinchi bo'limda esa O'zbekiston juda zo'r o'yin ko'rsatdi. Ikkinchi bo'limda o'z uyingda devorlar ham yordam beradi degan jumla o'z isbotini topdi. Misol qilsak, Erondagi o'yinda 80 ming muxlis kuzatadi. U erda ham muxlislarning qo'llab-quvvatlovi tasir o'tkazadi. Ikkinchi bo'limda o'yin ritmimiz juda tushib ketdi. O'ylaymanki, o'yindagi hisob odilona bo'ldi.

- Siz ikkinchi marta Eronni boshqaryapsiz. Qaysi terma jamoa kuchliroq bo'lgan. Hozirgimi yoki 2006-2007 yilgisi?

- Do'stimiz takidlagandek, men ikki marta Eronni boshqarganman. Ikki jamoada ham juda kuchli o'yinchilar bo'lgan.

- Ramin, O'zbekiston jamoalariga qarshi kichik fursat ichida ko'p marta o'ynadingiz. U oldingi o'yinlarda juda sokin edi. Bugun esa juda emocional harakat qildi. Bunga sabab nima?

Ramin Rizoyan: - To'g'ri, o'tgan safar boshqacha o'yin ko'rsatganman. Bugungi o'yin ritmi bunga sabab bo'ldi. Eron futbolchilari har doim jon-jahdi bilan harakat qiladi. Asabiylik, emociyalar futbolning bir qismi. Bu normal holat.

- Keyrush 10 yil davomida Eron terma jamoasini boshqarib ketdi. Hozirgi Eron termasida aynan Keyrushdan qolgan elementlar ko'zga tashlanadi. Siz o'zingizni Keyrushning davomchisi deb bilasizmi yoki alohida imzoyingizni yaratasizmi?

- Men 20 yildan beri murabbiylik qilib kelaman. Bu kabi savollar menga unchalik qiziq emas. Sababi, men o'zim ikki marta termani boshqarganman. Futbolchi sifatida Osiyo chempioni ham bo'lganman. Mening o'yin falsafam hujumkor futbolga asoslanadi. Mening statistikamga etibor bersak, futbolchilik paytim men to'purar bo'lganman yoki to'purarlikka harakat qilganman. Vaqt kamligi sababli biz hozir bizda bor futbolchilar bilan oldina borishimiz kerak. Futbolchilarimga rahmat aytaman. Murabbiy bo'lganimdan so'ng futbolchilar juda sifatli o'yin ko'rsatishdi. Bugun g'alaba qozonganimizda yana bir rekord qayd etilardi. Biroq, g'alabani qo'ldan chiqardik va rekord o'rnatilinmay qoldi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика