Aminbek Yoqubov: "Bugun g'alaba qozonishimiz kerak edi"
22 avg 2022 21:54
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/713586_original.jpg)
![](/upload/storage/713586_220.jpg)
Aminbek Yoqubov: "Bugun g'alaba qozonishimiz kerak edi"
O'yin haqida
— Bugun g'alaba qozonishimiz lozim edi. SHunchaki omad bizdan yuz o'girdi. Kelgusi o'yinlarda g'alaba qozonishga harakat qilaman.
— O'yindagi atmosfera qay darajada edi?
— O'yin atmosferasi yuqori edi. Barcha yigitlarga kelgusi uchrashuvlarda omad tilayman. Takror aytaman, bugun biz g'alaba qozonishimiz kerak edi.
— Eron bilan avval ham to'qnash kelgansizlar. Bugungi va avvalgi o'yin o'rtasida qanday farq mavjud?
— Avvalgisi bilan solishtirganda, bugungi o'yin tempi yuqoriroq edi.
— Sizning golingiz jamoani mag'lubiyatdan saqlab qoldi. Ushbu gol muallifiga aylangach, ko'z oldingizdan qanday hissiyotlar o'tdi?
— Albatta, o'yindan avval ota-onam, murabbiy, qolaversa, vatanim uchun gol urishni maqsad qilgandim va bunga erishdim", dedi o'zbekistonlik futbolchi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar