Amerika xoldingi "Lids"ni xarid qilmoqchi
06 dek 2021 18:47
Yangiliklar
Amerika xoldingi "Lids"ni xarid qilmoqchi
Amerikaning 49ers Enterprises xoldingi "Lids"ni xarid qilmoqchi.
Bu borada muzokaralar ham o'tkazildi. Ehtimoliy bitim 475 mln funtga baholanmoqda.
Hozirda "Lids" nazorat paketi Andrea Radriccaniga tegishli, u klubni 2017 yilda 45 mln funt evaziga xarid qilgan. Italiyalik 2018 yilda klubning 10% akciyasini 49ers Enterprises'ga sotdi.
Hozirda amerikaliklarning ulushi 44%ni tashkil etadi. Ular shuningdek MFLning "San-Francisko" klubiga egalik qilishadi.
Fikrlar