Amaldagi chempion yana yutqazdi: A Seriya 20-tur yakunlari
01 fev 2023 17:38
Yangiliklar
Amaldagi chempion yana yutqazdi: A Seriya 20-tur yakunlari
Qiziqarli bahslardan bazilari kutilmagan natijalar bilan yakunlandi. Bugun o'tgan turning eng esda qolarli uchrashuvlari haqida gaplashamiz.
“Monca” “Yuventus”ni engdi
“Yuventus” uchun vaziyat 9-daqiqadayoq yomonlashdi. Pessina to'pni jarima maydonchasidagi Kaprariga uzatdi, u esa bir aylanib, kuchli zarba yo'lladi. Mezbonlar baxtiga hakam futbolchi o'yindan tashqari holatda edi, deb topdi va golni bekor qildi. “Monca” hujum qilishda davom etdi. Keyingi urinishda Machin kutilmagan uzatma bilan CHiurriani ko'rdi, Patrik esa mo'ljalda adashmadi. “Yuventus” gol o'tkazib yuborgach ham uyg'onmadi, “Monca” himoyasiga ortiqcha bosim, xavf yo'q edi. Mehmonlar esa o'z navbatida “byankoneri” himoyasi ancha zaif ekanligini amalda ko'rsatib berishdi. Karlos Augsto katta tezlikda jarima maydonigacha etib bordi va to'pni Dani Karvaloga uzatdi, Dani aldamchi harakat bilan SHensnini dog'da qoldirdi va bo'sh qolgan darvozani nishonga oldi.
Allegri o'zgarishlarga qo'l urdi va ikkinchi bo'limga “Yuventus” umuman boshqa kayfiyatda tushib keldi. Jamoa darhol Di Gregorio darvozasi tomon intildi. “Yuventus” uzoq masofadan ayniqsa ko'p zarba berishga urinardi. Fadjoli, Milik, Di Mariya buni ancha aniq bajarishardi, lekin Di Gregorio chiroyli seyvlar bilan har safar to'pni qaytarishga muvaffaq bo'lardi. Turinliklar vakili Bremer raqib darvozasini ishg'ol qilish yo'lini amallab topgandi, biroq yana ishga qoidalar aralashdi — futbolchi o'yindan tashqari holatda edi. O'yin so'ngida “Monca” ham bu bosimga qarshilik ko'rsatib qo'ydi, Pessina uzatmasidan keyin Petanya zarba uchun imkoniyatga ega bo'ldi, ammo uning urinishini SHensni bartaraf etdi. Natijada, “Yuventus” hatto muxlislarga yupanch vazifasini o'tab beruvchi golni ham ura olmadi va jadvaldagi vaziyatini yanada yomonlashtirdi.
“Kremoneze” “Inter”ga mag'lub bo'ldi
“Empoli”dan uchralgan mag'lubiyat “Inter” uchun jiddiy zarba bo'ldi, lekin “Kremoneze” bilan o'yinni jamoa xatolardan xulosa chiqarmagandek boshladi. O'yinning ilk daqiqalarida milanliklar passiv harakat qilar va hujumda vaziyat yaratishga qiynalardi, 10-daqiqada esa Okereke uzoq masofadan kuchli zarba yo'llab, koncentraciyani yo'qotgan Onanani xafa qildi. “Qora-ko'klar” uchun bu bahs ham alam bilan yodga olinadigan bo'lish xavfi bor edi, shu sababli ham mehmonlar “Kremoneze”ni o'z darvozasi oldiga qamab qo'yishdi. Natijada, navbatdagi burchak zarbasidan keyin Jeko to'pga hammadan oldin etib bordi, Lautaro to'pni to'rga yo'lladi. Ko'p o'tmay Dumfrisning uzatmasidan keyin argentinalik aylanib olib, zarba berishning imkonini topdi, lekin urinish noaniq chiqdi. Bo'lim so'nggida Dimarkodan ajoyib zarba guvohi bo'ldik, kiper birinchi holatda ham, Lautaroning takroriy zarbasida ham reakciya ko'rsatdi.
Tanaffusdan keyin “Inter” qanotlar yordamida autsayder darvozasiga bosimni davom ettirdi. Ayniqsa Dimarkoda yaxshi vaziyat bo'ldi, lekin Jekoning erlatib uzatgan to'piga yarim himoyachi etolmadi. Bosniyalik futbolchi taym o'rtalarida o'zining dispetcherlik qobiliyatini ko'rsatdi. Edin ajoyib uzatma bilan jarima maydonchasida Lautaroni topdi, jahon chempioni esa himoyachi taqibidan qochib, darvoza burchagini aniq nishonga oldi. Masalani uzil-kesil hal qilish o'rniga “Inter” “Monca” bilan o'yinda bo'lgani kabi himoyaga qaytib oldi. “Kremoneze” hisobni hech bo'lmasa tenglashtirishi uchun vaziyatlar yuzaga keldi, lekin Sernike o'ta qulay nutqadan darvozani poylay olmagan bo'lsa, Okerekening uzoq masofadan bergan zarbasi birinchisi kabi kuchli chiqmadi va Onana pand bermadi. “Inter” g'alaba qozondi, ammo mutaxassislar va muxlislarda savollar etarlicha.
“Napoli” “Roma”ni ham taslim etdi
“Partenopeylar” o'yinni faol boshlashdi. Xvicha qanotdan oldinga o'tib, markazga yaqinlashdi va zarba berdi, Patrisio o'z joyida. Ko'p o'tmay, “Napoli” o'z darvozasiga gol olib kelishi mumkin edi. Kim to'p havodan kelayotganida Meret oldinroqqa chiqqanini ko'rmay, uni boshi bilan kiperga tashlab bermoqchi bo'ldi va sal qolsa avtogol muallifiga aylanardi. Yana bir necha daqiqa o'tib, Xvicha-Osimxen juftligi ish berdi. Gruziyalik vinger tezligini ishga solib, qanotdan oldinga o'tdi va uzatmani amalga oshirdi, nigeriyalik forvard esa to'pni o'ziga o'nglab, darvoza to'qqizligini nishonga oldi. SHundan so'ng, o'yin ancha tinchlanib qoldi. Faqatgina bo'lim oxirida Pellegrinining jarimadan uzatmasidan keyin Spinnacola yaxshi zarba berdi, biroq Meret jamoasi joniga oro kirdi.
Tanaffusdan keyin “Roma” agressivroq harakat qila boshladi, bu esa vaziyatlarni yuzaga keltirdi. Burchak zarbasidan keyin Kristante o'z nomini tabloga yozdirib qo'yishi mumkin edi. Biroz o'tib, endi Rraxmani Ibanesning yaqin masofadan bergan zarbasi yo'liga to'g'anoq bo'ldi. “Napoli” ham qarshi hujumlarda omadini izlardi. SHunday imkoniyatlardan birida Lozano to'pni barchadan qizg'ondi va darvozaning yuqori burchagiga yo'lladi, Patrisio katta qiyinchilik bilan xavfni bartaraf etdi.
“Roma”ning urinishlari o'z samarasini bermay qolmadi. Zalevskiyning uzatmasi jarima maydonchasidagi El SHaaraviga borib tushdi, yarim himoyachi esa Lozano bilan kurashda uni darvoza to'riga yo'llashni uddaladi. Bir qarashda goldan ruhlangan “Roma” g'alabani ham ilib ketishi mumkin edi, biroq buning o'rniga rimliklar bo'shashdi chog'i, keyin Spallettining o'yinchi almashtirishlari ish berdi. Zelinski to'pni Simeonega uzatdi, hujumchi “pauza”da Smollingni zararsizlantirdi va to'qqizlikni mo'ljalga oldi. Qolgan daqiqalarda “Roma” hisobni ortiq o'zgartirishga imkon topa olmadi, “Napoli” esa raqobatchilardan qochib ketmoqda.
"Atalanta" "Sampdoriya"dan kuchliroq
Genue jamoasi shhyinni ancha dadil boshladi va ilk daqiqalardayoq ikkita vaziyat yaratishga muvaffaq bo'ldi. O'tkir burchakdan Leri yaxshi zarba berdi. Ko'p o'tmay, Lammers jarima maydonchasida kurashdan keyin to'p Gabbyadiniga kelib tushdi, ammo uning urinishiga aniqlik etishmadi.
"Atalanta" esa taym o'rtalariga kelib arzirli javob qaytardi. Xoylunning zarbasi aniq chiqdi, ammo Audero xavfni bartaraf etdi. "Atalanta" sekin-asta ustunlikni o'z tomoniga og'dirdi, tanaffusga yaqin esa bundan naf chiqara oldi. Boganing uzatmasidan keyin Lukman bergan zarbadan so'ng to'p ustunga tegdi, hammadan chaqqon harakat qilgan Xatebur uni yaxshi nuqtaga chiqib borayotgan Mellega uzatdi va himoyachi yaqin masofadan adashmadi.
Tanaffusdan keyin "Sampdoriya" o'yin kartinasini o'zgartirishga astoydil urinib ko'rdi, lekin o'xshamadi. Keyin Lukman katta sahnaga chiqdi. Forvard to'pni egallab, yo'l-yo'lakay uch himoyachini aldadi va Auderoni dog'da qoldirdi. A Seriyaning 2023 yildagi eng samarador futbolchisi yana olqishlarga sababchi bo'ldi. Birozdan keyin Boga uzoqdan kuchli zarba berdi, biroz noaniq. "Sampdoriya" esa shu kuni mag'lubiyatni tan olib bo'lgandek edi. Faqatgina so'nggi daqiqalarda burchak zarbasidan keyin Rinkonning urinishi Mussoga biroz qiyinchilik tug'dirli, ammo hisob o'zgarmadi.
“Milan” yirik hisobda “Sassuolo”ga imkoniyatni boy berdi
5-daqiqadayoq “rossoneri” gol urdi, Teoning uzatmasidan keyin Jiru baland sakrab, to'pni darvozaga yo'lladi. Biroq takroriy lavhadan keyin bu gol ofsayd sabab bekor qilindi. Bir necha daqiqadan keyin “Sassuolo” vaziyatlar yarata boshladi va bu gol bilan yakunlandi. Berrardi katta tezlikda jarima maydonchasiga etib bordi, aldamchi harakat bilan Teoni chalg'itdi, o'zi zarba berishi mumkindek edi, ammo to'pni darvozabon maydonchasiga etib kelgan Defrelga tashladi hamda Greguar darvoza burchagini nishonga oldi. “Sassuolo” hujumlari davom etardi. Berrardi yashirin uzatmasi Fratteziga etib bordi, Davide esa jarima maydonchasiga yorib kirib, Teterushanuga imkon qoldirmadi. Bir necha daqiqa o'tib u dublga yaqin keldi, ammo burchak zarbasidan keyin mo'ljalda biroz adashdi. “Milan” esa bunday imkoniyatdan keyin hisobni qisqartirdi. Kalabriyaning uzatmasidan keyin yana o'sha Jiru boshi bilan aniq zarba yo'lladi. Kutilmaganda, tanaffusgacha “neroverdi” yana gol urdi. Traorening burchakdan uzatgan to'pini Berrardi boshi bilan ayyorona zarba berib, darvozaga tashlab qo'ydi.
Ikkinchi bo'lim boshlanishi bilan Kalabriya Lorenteni o'tkazib yubordi va kurashni jarima maydonchasida davom ettirishga majbur bo'ldi, keyin esa penalti. Zarbani jabrlanuvchiinig o'zi amalga oshirdi va hisobni yiriklashtirdi. Deyarli javob hujumidayoq Rebich o'zini ko'rsatib raqib darvozasini ishg'ol qildi, lekin yana “Milan”ning goli o'yindan tashqari holat tufayli inobatga olinmadi. “Milan” Konsilyaning darvozasiga yo'l izlardi, “Sassuolo” esa qarshi hujumlarga chiqib turardi. SHunday hujumlardan birida Berrardi qanotda raqiblarini chalg'itib, Mateus Enrikega golli uzatma etkazib berdi. “Milan”ni sharmandali hisobdan Origi qutqarib qoldi. Biroq bundan ko'piga Pioli jamoasining kuchi etmadi. “Sassuolo”ni chiroyli g'alaba bilan tabriklasa bo'ladi, “Milan”ning omadsizliklari esa davom etadi.
SHuningdek, "Udineze" va "Verona", "Fiorentina" esa "Lacio" bilan durang o'ynashdi, SHomurodovni ijaraga olgan "Speciya" "Bolonya"ga yutqazdi.
Sergey Rumyancev
Nozima To'xtamirzaeva tarjimasi
Fikrlar