So’nggi yangiliklar

20:05Суперлига. "Андижон" — "Қўқон-1912" 1:0 (матнли трансляция)  7 19:53Суперлига. "Шўртан" - "Хоразм" (матнли трансляция)  2 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  0 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  0 17:37Дарвозаларга 4 та гол урилган, футбол шоуга айланган, "Динамо" ғалабани бой берган учрашувдан галерея  0 17:10Икки клуби "Ман Сити" хавбекига кўз тиккан  0 16:44Азизбек Тўлқинбеков: "Нефтчи" кучли эди, лекин бизда ирода ва иштиёқ устунлик қилди"  0 16:21"Арсенал" Жакени ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 15:55Амир Тўрақулов: "Жамоа бўлиб ҳаракат қилдик ва шу туфайли ғалабага эриша олдик"  0 15:12"Бунёдкор" "Нефтчи"ни Фарғонада мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 14:32"Реал" испаниялик ярим ҳимоячисини 10 миллионга сотишга қарор қилди  0 14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  1 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  3 13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  1 12:35Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"да қолади  0

Amal SHavketov: "Jamoada boshqa legionerlar ham bor, bu erda futbol tezkorroq ekan". "Turon"dan Polsha chempionatiga transfer qilingan darvozabon bilan intervyu Yangiliklar

Amal SHavketov: "Jamoada boshqa legionerlar ham bor, bu erda futbol tezkorroq ekan". "Turon"dan Polsha chempionatiga transfer qilingan darvozabon bilan intervyu

Avvalroq, Yaypanning "Turon" klubi darvozabon Amal SHavketovni Polsha chempionatining 4-dvizioni vakili - "Narev" klubiga transfer qilingani haqida xabar bergandik.

Saytimiz muxbiri yosh posbon bilan bog'lanib, intervyu tashkilladi. Quyida mazkur intervyuning to'liq matni etiboringizga havola etilmoqda.

- Amal, ayni damda yangi jamoangizga moslashish jarayoni qanday kechmoqda?


- Albatta, yangi jamoa va yangicha muhitga birdaniga moslashib ketish oson kechmaydi. Viza bilan bog'liq muammolar tufayli bu erga 2 oy muddat kechikib etib keldim. Hozirgi vaqtda chempionat deyarli oxirlab qolgan. SHu sababdan ko'proq keyingi mavsum haqida o'ylayapman. Jamoamdagi muhit haqida aytadigan bo'lsam, yigitlar samimiy va menga moslashish jarayoniga yordam berishmoqda.

- Jamoa oldiga qanday maqsad va vazifalar qo'yilgan?


- Hozirda jamoamiz oldiga ligadagi o'z o'rnini saqlab qolish vazifasi qo'yilgan. Oldinda 5 ta tur o'yinlari qoldi. Biz hamshihatlik bilan bu vazifani uddalaymiz deb o'ylayman. Kelgusi mavsumdan boshlab klubga bir nechta yirik xomiylar kelishi haqida eshitdim. Biz allaqachon jamoaning darajasini oshirish haqida gapirayapmiz.




- Klubda sizdan boshqa legioner futbolchilar ham bormi?

- Ha, albatta bor. Agar eng mashhurlari haqida aytadigan bo'lsam, bular Ivan Budnyak va Viktor Lixovidko. Ularning ikkisi ham Ukraina oliy ligasida o'ynashgan.

- "Turon"ning natijalarini kuzatib borayapsizmi?

- Albatta kuzatib boraman. Agar tarmoqda bor bo'lsa jonli efir orqali tomosha qilaman, yoki klubning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali jarayonni onlayn kuzatib boraman. Jamoa natijalari haqida xabardorman. "Turon" Pro-liganing birinchi davrasini peshqadam sifatida yakunladi. Nasib bo'lsa ular albatta ushbu mavsum Superligaga qaytishadi.

- Polsha chempionati va o'zbek futbolidagi qanday farqli jihatlarni sezdingiz?


- Farqli jihatlari bor, albatta. Masalan, bu erda o'yinning tezligi juda yuqori. Polsha chempionatlarida to'p maydonda juda tez harakatlanadi. Futbol asosan erda o'ynaladi, ikkinchi qavatdan uzatmalar soni bizdagidan ko'ra birmuncha kam.

Siz o'ynayotgan liga qachalik yuqoriroq bo'lsa, indivual fazilatlarning darajasi ham shunga yarasha bo'ladi. Ammo barcha ligalardagi o'yin modeli bir xil, asosan qisqa va o'rta darajadagi uzatmalar orqali tez futbol o'ynashga harakat qilishadi.




- O'zbekistonlik do'st va yaqinlaringizga salomlaringiz bo'lsa, marhamat.


- Meni qo'llab-quvvatlayotgan barcha-barchaga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Men O'zbekistonni juda yaxshi ko'raman va qachondir yana qaytishimga umid qilaman.


Bekzod Tolibov suhbatlashdi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика