So’nggi yangiliklar

02:00ЖЧ саралаши. Италия Исроил дарвозасига 5та гол урди, Швеция кутилмаганда мағлубиятга учради  7 00:42CAFA Nations Cup-2025. Энг яхшилар аниқланди ва ғолибга соврин топширилди  28 00:30Муҳаммадрасул Абдумажидов Бельгия клубига ўтмайди  4 00:14Славен Билич Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийига айланиши мумкин  38 00:05Тимур Кападзе: "Эрон терма жамоаси қачон рози бўлган ўзи?"  109 23:00Қозоғистон Президенти Тоқаев: "Футбол клубларини хусусийлаштириш бўйича ишларни тезлаштириш керак. Бусиз футбол ривожланмайди"  4 21:50"CAFA Nations Cup-2025". Ўзбекистон терма жамоаси 13 йилдан сўнг Эронни ютди ва турнир ғолибига айланди  1029 20:32Шавкат Мирзиёев Жанни Инфантинога “Дўстлик” орденини топширди  17 20:26Португалиялик мураббий Озарбайжон терма жамоаси бош мураббийлигидан кетди  11 19:52CAFA Nations Cup турнирида сенсация! Ҳиндистон пенальтилар сериясига кўра Ўмондан устун келиб, 3-ўринни қўлга киритди!  16 19:13Гвардиола Абдуқодир Хусанов учун янги режа ишлаб чиқди  11 18:32ЎФА раҳбарияти Ўзбекистон МТЖга таклиф этишни хоҳламаган мураббий "Байер"ни бошқаради  11 18:04Амирҳуссайн Ҳуссайнзода: "Ҳакамлар Ўзбекистон фойдасига қарор қабул қилмоқда"  21 17:42Ахбор Имомхўжаев хотира турнири-2025. Мусобақа, жамоалар, гуруҳлар ва яшил майдонга қайтаётган юлдузлар  5 17:30Омид Нурафкан: "Ўзбекистонни икки-уч гол фарқи билан мағлуб эта оламиз"  10

Hakamlar "Andijon"ni "chopishdi". "Alyo ref"dan Superliga 11-turidagi hakamlik tahlili Yangiliklar

Hakamlar "Andijon"ni "chopishdi". "Alyo ref"dan Superliga 11-turidagi hakamlik tahlili

Championat.asia saytining hakamlik faoliyati bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev ("Alyo, ref!" Telegram sahifasi muallifi) Superliganing 11-tur uchrashuvlaridagi etiborga molik vaziyatlarni tahlil qildi.

 
❌ "Qizilqum" - "Andijon" VAZIYATNI KO'RISH

Hech qaysi takroriy lavhada "Andijon" futbolchisi "Qizilqum" futbolchisining yuziga tekkani ko'rinmagan. Uning qo'llari yon tomonga yoyilgan va hech qanday harakat qilmayapti. Bu erda o'yinni davom ettirish kerak edi.

Keyinroq hakam jarima to'pini qaerdan tepish kerakligini ko'rsatgan "Andijon" futbolchisiga sariq kartochka ko'rsatgan. Jarima to'pi tepilgan joy va hakamning nazdidagi qoida buzilgan joy taxminan yarim metrga farq qilmoqda. Bu juda ham vahimali holat emas, lekin bosh hakam etiborliroq bo'lishi kerak edi.

❌ "Qizilqum" - "Andijon" VAZIYATNI KO'RISH

Menimcha, qizil kartochka – bu vaziyatda juda ham keskin qaror. Yumshatuvchi jihatlar bor: "Andijon" futbolchisining oyog'i bukilgan, butsaning tishi bilan bosh tomon aniq harakat yo'q, u raqibga ozginagina tekkan. Yakkakurashga kirishish tezligi ham kam. Bu vaziyatda "Andijon" futbolchisiga qo'pol o'yin uchun sariq kartochka berishi kerak edi. VAR bu vaziyatga aralashishi shart edi.

❌ "Qizilqum" - "Andijon" VAZIYATNI KO'RISH

"Qizilqum" futbolchisidan simulyaciya. "Andijon" futbolchisining oyog'i erda va to'pga intilmayapti. Hujumdagi futbolchi bundan foydalanib o'ng oyog'ini himoyachi yonida qoldirmoqda, shu orqali kontaktga erishmoqda. Erkin zarba va "Qizilqum" futbolchisiga sariq kartochka. Penalti noto'g'ri belgilangan.

❓ "Qizilqum" - "Andijon" VAZIYATNI KO'RISH

Agar sinchiklab qaralsa to'piqqa aniq zarba berilmagan. "Andijon" futbolchisi to'pni tepib yubordi va oyog'ini ko'tardi, podkat tashagan "Qizilqum" futbolchisi esa unga tegib ketadi.
Albatta, o'yin dinamikasida ko'plab hakamlar bu vaziyatda sariq kartochka ko'rsatishadi. Yakkakurashga kirishish uchun jiddiy harakat, tezlik, oldi tomondan podkat va oyoq tagi bilan raqib tomonga intilish bor. Ammo stop-kadrlar bo'yicha shuni aytishim mumkinki bu vaziyatda hakam sariq kartochka ko'rsatmasa ham bo'ladi.

❌ "Qizilqum" - "Andijon"
VAZIYATNI KO'RISH

Bu vaziyatda o'yinni davom ettirish kerak. "Qizilqum" futbolchisi engil kontaktni his qildi va folni "yasadi". Bu normal kurash, qoida buzilmagan. Penalti noto'g'ri belgilangan, "Qizilqum" futbolchisiga og'zaki ogohlantirish berish kerak edi.

✅ "Paxtakor" - "Navbahor" VAZIYATNI KO'RISH

Yuz foizli sariq kartochka. "Paxtakor" to'pga birinchi eta olmasligini tushundi, ammo kontaktni engillashtirishga harakat qilmayapti va oyog'ini bukmayapti, so'ngra raqib posboniga borib urildi. Hakam sariq kartochkani to'g'ri ko'rsatdi.

❌✅ "Paxtakor" - "Navbahor"
VAZIYATNI KO'RISH

Agar vaziyatni o'zini tahlil qilsak, "Navbahor" futbolchisi #13 (Ivanovich) va "Paxtakor" futbolchisi #3 (Azmiddinov) sariq kartochkadan olishlari kerak. Hamma tinchlanganidan keyin bu ikki futbolchi kichik janjal sodir qilishdi.
Bu janjalga qadar sodir bo'lgan fol va to'qnashuvchalar sariq kartochkaga tortmasdi. Og'zaki ogohlantirish bilan cheklansa bo'ladi.

❌ "So'g'diyona" - "Nasaf"
VAZIYATNI KO'RISH

Bu vaziyatda VAR hakam qanday qaror qabul qilishidan qatiy nazar aralashishga haqli emasdi. Hakamning birinchi qarori "So'g'diyona" futbolchisiga sariq kartochka ko'rsatish bo'ldi, bunga qo'shilsa bo'ladi. U bilan bir chiziqda boshqa himoyachi ham bor edi, u to'pga etib olishi mumkin edi, shu bois buni "so'nggi umid foli" deb bo'lmaydi. VAR vaziyatga noto'g'ri aralashdi, bosh hakam xato qildi va "So'g'diyona" futbolchisini chetlatdi.

❌ "Olimpik" - OKMK VAZIYATNI KO'RISH

"Olimpik" darvozaboni zarbani aniq ko'rib turdi va ofsayddagi OKMK futbolchisi to'pdan o'zini sekingina olib qochdi xolos. Menimcha, ofsayddagi futbolchi darvozabonga xalal bermadi, darvozabon zarbani qaytarishga urindi, shu bois golni hisobga olsa bo'lardi.

✅ "Olimpik" - OKMK VAZIYATNI KO'RISH

Bosh hakam sariq kartochkasiz penalti belgilash qaroriga to'liq qo'shilaman. "Olimpik" himoyachisining qo'li tanasini kattaroq qilmoqda. Bu albatta qoida buzilishi. Penalti to'g'ri belgilangan.
Penalti tepish vaqtida "Olimpik" posboni chiziqdan chiqib ketgan. VAR to'g'ri aralashdi va penalti takroran tepildi.


SHunday qilib, Superliganing bu turidagi 10 ta bahsli vaziyatida hakamlar 7 ta xatoga yo'l qo'yishgan. Undan 4 tasi "Qizilqum" - "Andijon" o'yinida kuzatilgan.

Reyting: -10   
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика