Alvaro Morata: “Real”ga qaytishim mumkin, faqatgina...”
11 noy 2017 01:42
Yangiliklar
Alvaro Morata: “Real”ga qaytishim mumkin, faqatgina...”
“Real”ning sobiq hujumchisi, ayni paytda “CHelsi” sharafini himoya qilayotgan Alvaro Morata Madrid klubiga qaytishi mumkinligi haqida gapirdi.
-Ikkinchi marotaba Madridga qaytishing mumkinmi?
-Albatta, men “Real”ga qaytishim mumkin. Ammo “CHelsi” bilan barcha sovrinlarni yutib, bu erda o'zimdan yaxshi nom qoldirganimdan keyin. “Real”ga yo'q deb javob berish qiyin, ayniqsa sen shu jamoa muxlisi bo'lsang. To'g'risini aytsam, hozir men bunday o'tishlar haqida o'ylayotganim yo'q. Ayni paytda Londonda meni barcha narsa qanoatlantirmoqda.
-“CHelsi” bilan CHL finalida “Real”ga qarshi o'ynashni istarmiding?
-Ha va albatta o'sha bahsda biz g'alaba qozonsak... O'ylashimcha, bizning ular bilan yo'llarimiz kesishmasa kerak. Ammo men har qanday holatda ham, shubhasiz, “Real”ga qarshi o'yinga tayyor bo'lardim”, deydi Morata.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar