Alvaro Morata bilan intervyu
08 sen 2016 23:30
Yangiliklar
Alvaro Morata bilan intervyu
Unda u o'zining qaytishi, Zinedin Zidan va Xulen Lopetegi bilan ishlayotgani,
gollar, tanqidlar va “Qirollik klubi”dagi bosim xususida berilgan savollarga
javob qaytardi.
- Terma jamoada “I have a dream” (“Menda orzu bor”) yozuvli libosda paydo bo'ldingiz. Bu qanday orzu ekan?
- Menda turlicha bo'lgan: bu erda bo'lish va terma jamoa bilan biror sovrin yutish, chunki ko'plab kuboklarga ega chiqqanman. Biroq terma jamoa bilan g'alaba qozonish futbolchida ro'y berish mumkin bo'lgan eng ajoyib narsa. Buning qiyinligini bilaman, lekin jamoada muvaffaqiyat uchun etarlicha iqtidorli o'yinchilar bor deb o'ylayman.
- 23 yoshda “Real” bilan Evropada, “Yuventus” bilan Italiyada va 21 yoshgacha terma jamoa bilan zafar quchishga erishdingiz. SHuningdek, milliy terma safida Evropa chempionatida ishtirok etdingiz. Taassurotlaringiz qanday?
- Hammasi juda tez o'tadi va tin olib, erishgan narsalaring haqida o'ylab ko'rish darkor. Bundan bazida rohatlanish kerak, chunki bari juda tez o'zgarib ketishi mumkin. Qachon buncha ko'p o'yinlar, safarlar, yig'inlar va yuqori hayot tarzi bo'lishini tushunish qiyin. To'xtash va lahzadan rohat olish lozim. Menga o'n yil avval nima kutayotganini aytishganda ishonmagan bo'lardim. Ko'p jihatlar to'g'ri kelishi kerak: omad, mehnat, jarohatlar. SHu sababli har lahzadan zavq olish lozim, chunki bunga etishish qiyin.
- Lopetegi qo'l ostida ishlash qanday boshlandi?
- Ajoyib. Uni anchadan beri bilaman va uning terma jamoaga kelishi hamda bu o'zgarishlar juda muhim. Unda etarlicha ishtiyoq bo'lmaganda hamma narsani yutib bo'lgan terma jamoani boshqarishga rozi bo'lmasdi. Bu uning ishtiyoqi va xarakterini ko'rsatadi. U biz kabi holatda turibdi: qiyin vaziyat, ehtimol, bu atrofdan bilinmas. Biz ketma-ket ikki marta Evropa chempioni bo'lgan terma jamoaga keldik. Biror narsa yaxshi ko'rinish olmaganda elkamizga katta bosim tushadi. Oldin ham aytganimdek, bu jamoa va o'yinchilarga ishonaman. Uning tarkibida afsonaviy futbolchilar o'ynashdi va yangilari ham keladi. Masalan, Tiago terma jamoaga loyiq edi, ammo ko'p jarohat olardi. Hozir u bu erda va juda yaxshi holatda. Biz undan o'rnak olishimiz kerak, chunki Tiago avvalgi futbolchilarga xos uslubda harakat qiladi. Menimcha, bu jamoaga ishonishga arzirli sabablar etarli.
- Ikerni terma jamoada ko'rmaslik g'alati emasmi?
- To'g'risi, ha, juda g'alati. Mashg'ulotlarda bu to'g'risida o'ylamaysan, ammo ovqatlanish yoki bo'sh vaqtda shunday bo'ladi. Uni barchamiz sog'inyapmiz va butun Ispaniya uchun ham uni shuncha yildan keyin terma jamoada ko'rmaslik g'alati bo'lsa kerak.
- Siz Del Boskedan minnatdorsiz deb o'ylayman.
- Ha, albatta. U menga yaxshi o'ynamagan paytimda ham ishondi va terma jamoaga jalb etishda davom etdi. Evropa chempionatida asosiy tarkibda o'ynadim. Del Boske menga katta imkoniyatlar berdi, undan buning uchun minnatdorman. SHuningdek, barcha ispanlar singari u bizni jahon chempioniga aylantirgani uchun rahmat aytaman.
- Evropa chempionatidan zavq oldingizmi yoki yo'q?
- Umuman olganda, ha. Kekin holatlar bo'ldi, masalan birinchi o'yinda gol ura olmadim va biz kichik hisobda g'alaba qozondik. O'shanda tezroq tanaffus tugab, keyingi o'yinda maydonga tushish hamda gol urishni xohladim. Birinchi golimdan keyin ancha oson bo'ldi. Ispaniya kabi yaxshi jamoa bo'lgan paytingda hamisha rohatlanasan. Boshqa tomondan Evropa chempionatida yaxshiroq ishtirok eta olishimiz mumkin edi deb o'ylayman.
- Hozir o'zingizni ancha xotirjam sezyapsizmi? Yoz mobaynida kelajagingiz haqida turli gap-so'zlar uchradi.
- Ha, bu ancha g'alati yozga aylandi. Evropa chempionati vaqtida har kuni 5-6 joydan qo'ng'iroqlarga javob berdim, ammo etiborni jamlab, bunday vaziyatda professionallikni saqlashga to'g'ri keldi.
- Bunda turli jamoalarni nazarda tutdingizmi?
- Ha – jamoalar, murabbiylar, odamlar. Bunday bo'lishini kutmagandim. “Real” meni qaytarganda ham tarkibiga qo'shib olishni istagan jamoalar uchradi. O'zim ham haligacha bundan hayratdaman, chunki biror mavsumda 20tadan ortiq to'p kiritmaganman. Hali ancha o'sishim kerak.
- Hozir baxtlimisiz?
- Albatta, baxtliman. “Real” tarkibida dastlabki daqiqalardan o'ynab, terma jamoaga chaqirilganimda baxtli bo'lmasam, unda faqat lotereyadan yutish qoladi xolos. Hozirgidan kattaroq xursandchilikni orzu qilishim qiyin. “Real” va terma jamoada qolishim uchun ko'p mehnat qilishimga to'g'ri keladi. Bunga tayyorman.
- Nega “Real”da qolishga qaror qildingiz?
- CHunki “Real”da Ispaniya va Evropada sovrinlar yutishim uchun imkoniyat ko'proq. Yana ketganimdan bundan butun umr afsuslanib yurishimni bilardim.
- Buni butun hayotingizdagi imkoniyat deb hisoblaysizmi?
- Albatta. Qachondir “Real”dan ketishni xohlagan bo'lsam, bu faqat klub menga o'zim umid qilgandek ishonmaganidan ro'y bergan. Ketganimda buning uchun o'zimni hech qachon kechira olmasdim.
- “VVS” – asosiy tarkibning o'zgartirib bo'lmas azolari ekanini eshitganingizda nimani o'ylaysiz va his qilasiz?
- Biz jahonning eng kuchli hujumchilaridan biri haqida gapirayotganimiz va u bilan tarkibdagi joy uchun kurashish mumkinligini. Jamoada barcha o'yinchilar muhim, lekin ular jarohat, jazo va boshqa sabablar tufayli hamma o'yinlarda birga harakat qilishmaydi. Har qanday bahsning istalgan daqiqasida maydonga tushishing mumkin va bunga tayyor turish lozim.
- Gol urmaganingizda bundan juda xafa bo'lasiz. “Selta” darvozasiga urilgan goldan keyin sizga engilroq bo'ldimi?
- Balki, atrofdan shunday ko'rinar, lekin har qanday hujumchi gol urmagan taqdirda uyiga xafa bo'lgan holda ketadi. San-Sebastyanda yaxshi o'yin o'tkazdim, “Selta”ga ikki gol urishim mumkin edi, biroq futbol shunday qiyin narsa. “Anoeta”da yaxshiroq o'ynadim, ammo “Selta” bilan bellashuvda qaytgan to'pni yo'lladim. Gol – bu gol va hech kim keyin uning qanday urilganini esga olmaydi. Xotirjamman va jamoaga gollardan boshqa yordam bera olaman. Bizda “VVS”dan tashqari ham to'p kiritadigan futbolchilar bor.
- Zidan sizga nimalarni gapiradi?
- U men bilan ko'p suhbatlashadi va bundan xursandman. Avval Zidan ikkinchi murabbiyim edi. Ilgari boshqa rolni bajarardi, endi esa deyarli har kuni gaplashamiz. O'yindan 10-15 daqiqa avval maydonda nima qilishim kerakligini aytadi. Bu menga o'zimni muhim futbolchi sifatida his qilishga yordam beradi. Yaxshi o'yin uchun menga aynan shu kerak. SHu sababli har safar odamlarning fikri va tanqidi kamroq ahamiyatli bo'lib bormoqda. Har doim seni tanqid qiladigan odam topiladi. Ronaldu yoki Messini tanqid qilishar ekan, meni qo'yavering. Gazetalarni kamroq o'qib, televizorni kamroq ko'rish lozim. Sen haqingdagi gaplarga kamroq etibor qilish uchun ko'proq ishlashga to'g'ri keladi. Men uchun murabbiy va klubning ko'ngli to'lishi muhimroq.
- “Real”da bosim “Yuventus”dagiga nisbatan ko'proqmi?
- SHunday. Bu erda yomon o'ynasang yoki odamlarga yoqmaydigan biror narsa qilsang, darhol seziladi. Xato qilganingni bilasan va keyin buni takrorlamaslik lozimligini bilasan. Lekin endi ikki yil oldin jamoadan ketgan o'yinchi emasman: muhim bahslarda qatnashdim, Evropa chempionati va CHempionlar ligasi finalida ishtirok etdim. O'zimga bosim qilayotgandek tuyulishim mumkin, ammo aslida bunday emas. Yaxshi bo'lmagan holatda o'ynashimga to'g'ri kelganini kamchilik biladi, bu menga zavq keltirmaydi. Ammo barchasidan qoniqyapman. Maydonda ko'proq kulishni o'rganishim kerak.
- Italiya sizni qanday o'zgartirdi?
- U meni har tomonlama o'zgartirdi: futbol, jismoniy, kuch, taktika va aqlli o'yin tarafdan. SHunga qaramay, hali ko'p narsalarni o'rganishim darkor.
- Buffon, Pirlo va Kellini sizni nimaga o'rgatdi?
- Ularning odamlarga munosabati meni hayron qoldirdi. “Yuventus” va Italiya terma jamoasi posboni dastxat olishni istovchilar tugamagunga qadar ketib qolganini ko'rmaganman. Pirloga barcha quloq soladi – u juda xotirjam va etiborni jalb qilmaydi, ammo zarur paytda haqiqiy etakchi. Kellini – maydon va hayotda umuman boshqa inson. Maydonda u haqiqiy jangchiga aylanadi. Hayotda esa barcha ishda yordam beradigan rahmdil inson. Bu unutilmas tajriba bo'ldi va u erdan ketishimga to'g'ri kelgani afsuslanarli. Biroq men orzularim sababli ketdim. “Yuventus”da meni juda yaxshi ko'rgan o'rtoq va do'stlarim qoldi.
Fikrlar