Alonso derbidan oldingi fikrlarini bildirdi
01 apr 2018 15:15
Yangiliklar


Alonso derbidan oldingi fikrlarini bildirdi
"CHelsi" himoyachisi Markos Alonso APLning 32-turi doirasida "Tottenxem"ga qarshi bahsdan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Oldimizda muhim uchrashuv bor, biz shunchaki g'alaba qozonishga majburmiz. 3 ochko olishni ko'zlamoqdamiz va yaxshi o'yin bo'lishini kutyapmiz. "Tottenxem"dek kuchli raqib bilan uyda kechadigan bahsga tayyormiz.
Ular jismoniy jihatdan juda kuchli. Bizda ham yaxshi jamoa bor, biroq maydonda ikkita teng saviyali jamoalar o'ynashadi.
Oldinda etti tur bor, biz ancha ortda qolib ketyapmiz. SHuning uchun ham g'alaba qozonish juda muhim", - dedi Alonso.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar