So’nggi yangiliklar

18:10"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 11 ёшли Абдуллоҳ Абдураимов  0 18:00Париж-2024. Ўзбекистон - Доминикан Республикаси (матнли трансляция)  15 17:4438 ёшли Хонда Бутан клуби билан 1 та ўйинга шартнома имзолади  1 17:20Суперлигада трансфер ойнасининг сўнгги кунида вазият қандай?  22 17:07Стив Брюс Ямайка терма жамоасида иш бошлаши мумкин  1 16:50Париж-2024. Ўзбекистон - Доминикан Республикаси: Асосий таркибимиз маълум  38 16:17Ҳусниддин Алиқулов ва Остон Ўрунов бугунги ўйинни ўтказиб юборади  26 15:54Фабрицио Романо: "Атлетико" Конор Галлахер трансферига яқин  2 15:23"Челси" Лукакуни Осимхенга алишмоқчи  2 14:58"Арсенал" Саненинг атрофидаги вазиятни кузатмоқда  1 14:09Эшитдик-да! "Бунёдкор" бугун "Олимпик" ўйинчиси билан шартнома тузади  2 13:39"Пахтакор" стадионига таъмир керак. У Суперлигани қабул қила олмайди  31 13:10Энцо Фернандес АҚШда "Челси" сафига бориб қўшилди  1 12:52Ўзбекистонлик спортчиларнинг Париж Олимпиадасидаги иштирокидан ОНЛАЙН  3 12:31ЦСКА ҳужумчиси Греция клуби билан шартнома имзолайди   2

“Allo, Onajon!” - Onasini er-u ko'kka ishonmaydigan Gabriel Jesus hayoti haqida kichkina qissa Yangiliklar

“Allo, Onajon!” - Onasini er-u ko'kka ishonmaydigan Gabriel Jesus hayoti haqida kichkina qissa

Har safar “Manchester Siti” safida gol urganimda, onam qo'ng'iroq qiladi.

Darvozaga yo'llagan zarbamdan so'ng to'p to'rdan o'rin olgan zahoti, darhol onam telefonimga sim qoqadi. Farqi yo'q, uning qaerda bo'lishi: xoh Braziliyada, xoh stadionda. U har safar qo'ng'iroq qiladi. SHu bois maydon burchagiga oshiqib, onamga javob yo'llayman: “Alô Mãe!” (“Allo, Onajon!”)

“Siti”ga kelgan vaqtimda odamlar bu ishimni ko'rib, doimo mendan bu nimani anglatishini so'rardi. Menda bunga qisqa javob bor edi: SHunchaki, onamni yaxshi ko'raman va u menga doimo qo'ng'iroq qiladi.

Hammasi bolalikdan boshlangan
Ammo qalbi ulkan orzularga to'la bolakayning yoshligi bilan bog'liq uzunroq hikoya ham bor. Braziliyadagi millionlab bolakaylar orzu bilan yashaydi. Ammo men omadliroq edim, chunki bazi qahramonlarni shaxsan tanir edim.

Kamina shimoliy San-Pauludagi Peri Jardim tumanida voyaga etdim. U erdagi hayot ko'plab insonlar uchun chinakam — kurash. Biroq mening omadim chopgandi, onam shunchalik ko'p ishlardiki, oilamizda doimo eyishga taom bo'lardi. Lekin men bilan birga o'sgan bolalarda ahvol juda ayanchli edi.

Bazan ular kuniga faqat bir bora ovqatlanardi, u ham bo'lsa, futbol maydoniga kelishganida. To'g'risini aytganda, ko'pchilik futbol o'ynash uchun emas, balki bepul buterbrod va gazli suv uchun kelardi. Odatda oq buxanka bilan kolbasa va bir shisha limonad berilardi. Bazan buterbrod bo'lmas, faqatgina gazli suvning o'zi bo'lardi. Barcha orzularim va hozirda mendagi bor hamma narsalar, “Bolalar” manosini anglatgan “Pekeninos” klubidan boshlangan. O'z o'rnida u kamina uchun oddiy futbol jamosidan ko'ra ko'proq mano kasb etardi. Xayolingizga palma, plyaj va boshqa ko'ngilochar narsalarni keltira ko'rmang. Bu Peri emasdi. Futbol maydonimiz harbiy qamoqxonaning to'g'risida joylashgandi. Atrofi esa qarag'aylar bilan o'ralgan maydon butunlay loy va chang bo'lib, unda maysadan asar ham yo'q edi. Maydonda bolalardan tashqari to'p tepib turadiganlar — qamoqxona xodimlari edi. 9 yoshli paytimda do'stim Fabino bilan birgalikda jamoada o'ynay olamizmi yoki yo'qligini bilish u tomon yo'l oldik. Qo'limizda butsi bilan maydonga yaqin keldik. Ana o'sha vaqtda hayotimizni o'zgartirib yuborgan insonni uchratdik. Bu inson Joze Francisko Mamede edi. U eng yosh o'yinchilarga murabbiylik qilardi. Joze bizga: 

“Albatta, keyingi bellashuvda o'ynashlaring mumkin”, — dedi.


SHartnoma uyoqda tursin, imzolash uchun hattoki, qog'oz ham yo'q edi. CHunki klub bolalarni daromad manbayiga aylantirmoqchi emasdi. Ular shunchaki bolalarga ko'tarinkilik baxsh etmoqchi bo'lishgan. Bolalarni ko'chadan yig'ib ularga ovqatlanish uchun taom berish niyatigina bo'lgan, xolos. “Pekeninos” — kichik klub. SHuning uchun ham siz u haqida eshitmagan bo'lsangiz kerak. Ammo ularning mo'jiza yaratayotganini aytishim shart. Bazan bolalar bir soat davomida faqatgina ovqat olish va canasta basisa (oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash uchun kichik quti, uni murabbiy bolalarning uyga quruq qo'l bilan ketmasligi uchun bergan)uchun avtobusda bir soatdan ortiq qolib ketardi. Unda guruch, loviya va non — oy davomida yashab qolishga etadigan asosiy mahsulotlar bo'lardi.

Qizig'i, Mamedening eski Volkswagen Beetle (70 yillarniki bo'lsa kerak)i bo'lib, u mashinada bolalarni tashirdi. Kichkina bo'lganligimiz sababli unga 9-10 kishi, shu bilan birga, butsilar, oziq-ovqatimiz bo'lgan korobkalarimiz ham sig'ardi. Murabbiyning bolalar uchun qilgan ishlari shunchaki ajoyib edi. Braziliyada Mamede kabi insonlarni niqobsiz qahramon deb atashadi. U rostdan ham ko'plab bolalar uchun qahramon edi. Mamede va boshqa murabbiylar... Ular hayotda bizga imkoniyat berdi.

Men uchun futbol va to'pga bo'lgan muhabbat hamma narsa edi. “Pekeninos” haftada 2 martagina mashg'ulot o'tkazardi. Mashg'ulotlarda qatnasha olmasam, bilingki, men Peri ko'chalarida to'p tepib yurgan bo'lardim. Bazida yarim tungacha o'ynardik, keyin esa soat ikkiga qadar qizlar haqida gaplashib, hazillashib o'tirardik.

Ayrim bolalarning o'yin konsollari bor, mening hayolim esa to'p bilan bog'liq bo'lardi. Va albatta, bu rostdan ajoyib edi, chunki menda haqiqiy bolalik bor edi. Biz katta futbol musobaqasi o'tkazdik. Har bir ko'chaning o'z jamoasi bilan bosh yutuq bir shisha limonad uchun kurashdi. Ishonasizmi, shu birgina gazli suv uchun maydonda (agar maydon deb atab bo'lsa) haqiqiy jang kechdi. Tushunyapsizmi, sizda bori shu? Biz uchun shu bir shisha limonad Libertadores kubogidan ham ko'proq narsani anglatardi. Agar uni yutib olsangiz, umringizda his qilgan tamni totib ko'rish baxtiga muyassar bo'lasiz. Hammas o'z tegishini ichib, bir-biriga uzatadi. G'alaba limonadi shampan vinosidan 10 marta yaxshi edi. O'n marta yaxshi!!!

“Varzea”dagi o'yinni hech qachon unutmayman
Braziliyada professional futbolchi bo'lishning istasangiz, 12-13 yoshingzda, qaysidir katta klubning akademiyasida shug'ullanayotgan bo'lishingiz kerak. Ammo men bilan bunday bo'lmagan. “San-Paulu” meni tibbiy ko'rikdan o'tkazdi, ularga maqul ham keldim. Ammo keyin ular menga yashash uchun joy ajrata olmasliklarini aytishdi. Klub uyimdan juda uzoqda joylashgan edi. Agar men u erga har kuni avtobusdan qatnaydigan bo'lsam, maktabdan ketishimga to'g'ri keladi. Onam esa .... Xa-xa-xa... Onam har doim o'qib talim olishimni xohlagan.

SHu vaqt uchun men borimcha onamga qarzdorman. CHunki, mening yoshimdagi juda oddiy hayot kechiradigan Braziliya yoshlari oilasiga yordam berish uchun ishlashni boshlaydi. SHu boisdan ularda talim olish va futbol shug'ullanish uchun vaqt bo'lmaydi.

Ammo onam hamisha menga ishondi. Qandaydir sababga ko'ra, u menga ishonishda davom etdi va nima bo'lgan taqdirda ham futbolni tashlamasligimni aytdi.

13 yoshimda “Varzea”(Evropa Havaskorlar ligasi analogi) yigitlariga qarshi o'ynashni boshladim. Xo'p, tushunmadingiz-a? Nima haqida gapirayotganimni butun San-Paulo ahli biladi (balki, allaqachon kulishni boshlab yuborishgandir). Unda qolganlar uchun izoh berib o'taman.

“Varzea” — bu xuddi AQSHdagi ko'cha basketboli yoki Evropadagi yarimprofessional futbol ligasiga o'xshaydi. Butun maydon loydan iborat va siz “marmanjlar” — kuchli va qo'pol erkaklar qarshi maydonga tushasiz. Maydonda yakkakurash turlarining ko'pi yuz beradi, shu bilan birga ko'plab noxush holatlar ham bo'ladi.

Men bu daqiqalarni hech qachon unutmayman....

Biz juda muhim bellashuvda katta jamoaga qarshi maydonga tushdik. Ular ushbu liganing eng kuchlilaridan biri bo'lib, biroq bir qancha muddat bazi sabablarga ko'ra jamoa ligada ishtirok etmayotgandi. Sabablarini ochiqlab o'tirmayman, zero, aytayotganlarimni bolalar ham o'qiydi.

Bu ularning “Varzea” ilk mavsumi bo'lib, ular bu musobaqada xuddi jiddiy turnirda ishtirok etayotgandek o'ynashdi. Esimda bor, jamoaning barcha yigitlar o'yin oldidan menga g'alati qarab: “Bu yosh bola kim? Nima u rostdan ham o'ynaydimi?”, —deb so'rashgandi.

Bu juda jiddiy edi.
O'yin boshlangdan so'ng, 4 daqiqa o'tib men ularning eng yaxshi himoyachisini aldab o'tib, gol urdim. SHunda ular menga qarab: “Bo'pti, bolakay, biz sening hayotingni do'zaxga aylantiramiz” deb aytishdi. Keyin har bir to'pga tegingan zahoti ular meni tepishni boshladi. Ular butunlay aqldan ozib, xuddiki meni tepish uchun orqamdan kuzatayotgan edi. Ulardan biri haqiqatdan juda bezori bo'lib, menga gapirishdan to'xtamadi: “Yana bir marta meni aldab o'tsang, oyog'ingni sindiraman”.

SHunda to'p yana oyog'imga tushdi... Uni yana bir bor aldab o'tdim. Bu go'yo NBA basketbol o'yini kabi edi. Raqibni muvozanatdan chiqishga majbur qildim va to'g'risini aytganda, uni joyiga o'tqazib qo'ydim. Keyin ular menga chindan, meni o'ldirishmoqchi bo'lgandek qarashdi.

Lekin... Nima ham deya olardim? To'p oyog'imga tushganda, men o'zimni boshqa dunyoda his qilaman. To'p yana menga tushgandi, sherigimga “no looking” (qaramasdan) pas berdim, u esa gol urishga erishdi.

Tomoshabinlar aqliga sig'masdi.

O'yin 2:2 hisobida yakunlandi. Penaltilar seriyaasida esa biz g'olib chiqdik. Ularning juda jaxli chiqqandi. O'sha bezori menga qarata: “Men senga oyog'ingni sindiraman, deb aytgandim, bolakay! Sen bilan avtoturargohda ko'rishamiz”, — dedi.

U juda jiddiy edi. O'sha vaqtda nimalarni o'ylaganim hamon esimda: “Nahotki, bu erdan keta olmasam”. Baxtimga jamoadoshlarim meni tashlab ketmadi, ular meni himoya qilib, uyga sog'-omon, xavfsizlikda etib olishimga ko'maklashishdi.

Ammo bu hikoyaning oxiri emasdi. O'tgan Rojdestvoda oilamni ko'rish uchun uyga bordim. Ish bo'yicha bankka kirishim kerak edi. SHu bois mashinamni to'xtashda qoldirish uchun, turargohga kirdim. Kichkina budka ichida o'tirgan yigit menga mashina to'xtash uchun talonini uzatdi. U juda ham tanish tuyuldi, u ham meni tanigandek qarayotgan edi. Talonni oldim va ketish uchun ortimga qayrildim...U menga: “Ey, bola! Bolakay!” Men ortga qayrildim. U davom etdi: “Meni eslaysanmi, “Varzea”! Men sening oyoqlaringni sindirmoqchi bo'lgandim!”.
Ishona olmasdan unga javob qaytardim: “Yo'g'e, do'stim, men senga ishonmayman. Bilaman, hazillashganding”. U etiroz bildirdi: “Yo'q, bro! Xato qilyapsan. Seni rostdan ham mayib qilmoqchi edim. Endi esa sen mening eng yaxshi ko'rgan jamoamda o'ynayapsan, do'stim! Men seni yaxshi ko'raman! Bunga ishona olmayman. Agar oyog'ingni sindirganimda nima bo'lishini tasavvur qila olmas eding?”.

Biz rosa kulishdik va u bilan birga suratga tushdik.

Men bilan bo'lgan narsalarni tariflash uchun Braziliyada bir ibora qo'llanadi. Hayotim suvdan vinoga aylandi. Besh yil oldin “Varzea”da o'ynardim va shunchaki yashab qolishni, qachondir katta klublar safida o'ynashim mumkinligi haqida orzu qilardim. Hozirda avtobus haydayotgan, qurilish yoki supermarketda ishlayotgan odamlar o'sha vaqta kuchli futbolchi edi va men ular bilan birga to'p surganman. Gap ularning iqtidorsiz yoki o'z ustida kam ishlaganida emas. SHunchaki, ular hayot uchun pul ishlab topishlari kerak. SHuning uchun ham ular o'z orzulari tomon olg'a yura olishmagan.

Agar onam bo'lmaganida, meni qo'llab-quvvatlamaganida men ham ularning qatorida bo'lardim.

Orzularim ushaldi
15 yoshligimda “Palmeyras”da ko'rikdan o'tish uchun imkoniyat paydo bo'ldi. Hammasi shundan keyin boshlandi. Yoshlar jamoasiga qo'shilishga erishdim va birinichi shartnomamga imzo chekdim. Keyin esa voqealar havo kemasi tezligida rivojlanib ketdi. Keyin asosiy jamoaga qo'shildim. Biroz o'tib esa, Rio-2016 Olimpiadasida ishtirok etish uchun Braziliya olimpiya terma jamoasiga chaqirildim.

Milliy terma jamoadan qo'ng'iroq bo'lganida, his-tuyg'ularim ichimga sig'masdi.

O'sha daqiqa men uchun qanday ahamiyat kasb etishini bilganingizda edi... Bor yo'g'i ikki yil, JCH-2014 musobaqasidan avval men devorlarni bo'yardim. Surat chizish qo'lidan keladigan bolalar devorlarga taniqli futbolchilarning, masalan, Neymar, David Luizlarning freska, suratlarini chizishgandi.

Oradan ikki yil o'tib, Olimpiadada Neymar bilan birga to'p surdim. Sariq maykani ilk bor kiyganim yodimda. O'zimni orzusi ushalgandek his qilgandim.

2016 yildagi bu musobaqa braziliyaliklar uchun o'zgacha ahamiyat kasb etardi. CHunki Olimpiadaning oltin medallari Braziliya qo'lga kiritmagan yagona unvon edi. Bosim faqat musobaqa Rioda o'tayotganilgi uchun yuqori bo'libgina qolmay, balki oxirgi JCH sabab ham bosim katta bo'layotgandi. Ko'ngildagidek chiqmagan ikki o'yin sabab bizni va ayniqsa, Neymarni qattiq tanqid ostiga olishardi. Olimpiada oltin medallarini yutganimiz esa biz kabi butun mamlakat uchun o'zgacha daqiqalarni taqdim etdi.

Men JCH-2018 da ishtirok etish uchun qo'limdan kelganini qilaman. Ammo Braziliya — bu Braziliya. Jamoada raqobat o'ta kuchli, hech kimga asosiy tarkibdan o'rin kafolatlanmagan. Aynan shu narsa “Manchester Siti”ga kelishimga asosiy sabab bo'lgan. Futbolda o'sishdan to'xtab qolmaslik kerakligini tushunib etgandim.

Aytish mumkinki, bu erdagi ko'p narsalar Braziliyadagidan farq qiladi. Bu erda quyoshni kamdan kam ko'rasiz. Menda boshqa quyoshli o'lkalardan ham takliflar bo'lgandi, ammo Pep Gvardiola qo'l ostida o'ynash imkoniyatini qo'ldan boy bergim kelmadi.

Bu men tashrif buyurgan chindan-da sovuq va tilini bilmaydigan ilk mamlakatim edi. Bu jiddiy chaqiruv edi. Lekin boshqa joyga o'tishni o'ylab turgan vaqtimda, janob Gvardiolaning o'zi sim qoqib, mening unga kerakligimni va jamoasining muhim bo'lagi sifatida ko'rayotganini aytgani boshqacha tasir qildi. Axir bu men uchun juda muhim edi. U mening kelajagim borasida rostdan qayg'urayotganini ko'rsatdi. U bilan suhbatda so'ng ikkinchi marta o'ylab o'tirmadim va qaror qabul qildim.

Angliyaga ketishdan avval bir ish qildim. Hayotimdagi bir bo'limni yopishga to'g'ri keldi. SHu sababdan “Pekeninos” maydoniga qo'limda butsilar bilan qaytdim. Ammo 9 yoshda bo'lganim kabi, qo'limda bitta emas, balki eng yaxshi 250 juft butsilar bor edi.

“Alô Mãe!” (“Allo, Onajon!”)
Aldab o'tirmayman. Birinchi bor “Siti”ga kelganimda, o'zimda bor bo'lgan narsalarni yo'qotgandek his qilardim. Onamning Angliya—Braziliya orasida kezib yurishiga to'g'ri keldi. Men uchun onamdan uzoqda bo'lish qiyin edi. CHunki onam men uchun hamma narsa edi. U men uchun ham ona ham ota edi.

“Pekeninos”da o'ynagan vaqtim bolalar otalarini kutib turgan holatlar esimda. Men esa yolg'iz edim. Bu juda og'ir edi. Ammo endi kim menda otam haqida so'rasa, men javob beraman: “Onam — mening otam hamdir”. U men va akalarim uchun nima qo'lidan kelsa, barchasini bajardi.

Onam mening yana bir niqobsiz haqiqiy qahramonimdir
SHuning uchun gol ursam, u maydonda bo'lmasa ham “trubkani ko'taraman” va onam bilan suhbatlashaman. “Alô Mãe!” (“Allo, Onajon!”)

Men shu harakatni takrorlar ekanman, buni nafaqat onam uchun, balki oila azolarim, yaqinlarim, do'stlarim, murabbiy Mamede va Braziliyadagi mening hozirgi Jezus bo'lishim uchun yordam berganlarga bag'ishlayman.

Men xayolparastman. Eng katta orzularimda ham bunday darajaga etaman deb o'ylamagandim. Bilaman, JCH oldidan devor bo'yayotgan juda ko'plab bolalar bor. Balki, ular katta klublarda to'p surmas. Balki, ularga bu darajaga chiqa olmasliklarini aytishar. Ammo men ularga hech qachon orzularining amalga oshishi uchun kurashishni to'xtatmasliklarini so'rardim.

“Etihad” yo'lagidan chiqishimdan 4 yil avval, men “Vareza”da o'ynardim va menga oyog'imni sindirish bilan taxdid qilishardi.

Hozirda sening hayoting chindan ham buterbrod va limonaddan iboratdir, lekin orzularing yo'lida kurashni davom ettirsang.... Do'stim, nima bo'lishini kim biladi?

Suv vinoga aylanishi mumkin!
Men ham bolalarga yuzlanmoqchiman. Agar ushbu hikoyamni oxirigacha o'qib bo'lgan bo'lsang, oxirigi so'zlarimni tingla! Hech qachon orzu qilishdan to'xtama! Ie, to'xta, yana bir gap! Men uchun yana bir ish qil! Onajoningga qo'ng'iroq qil! U seni juda sog'ingan!

Sports.ru saytidan Asror Abdunazarov tarjima qildi

Reyting: +103   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика