Allegrining "Yuve"dagi maoshi - 9 mln evro, shartnoma - 4 yillik (Fabricio Romano)
28 may 2021 16:14
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/639556_original.jpg)
![](/upload/storage/639556_220.jpg)
Allegrining "Yuve"dagi maoshi - 9 mln evro, shartnoma - 4 yillik (Fabricio Romano)
Murabbiy Massimiliano Allegri "Yuventus"ga qaytmoqda.
Italiyalik mutaxassis 2025 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi, bu haqda insayder Fabricio Romano xabar bermoqda.
53 yoshli mutaxassis 9 million evro atrofida maosh oladi. Allegri "Real" bilan bog'liq vaziyatning echimini kutmaslikka qaror qildi.
Allegrining bosh murabbiylikka kelgani borasidagi rasmiy xabar yaqin soatlarda elon qilinishi kutilmoqda.
Massimiliano Allegri "Yuventus" (2014-2019)ni oldin boshqargan, mutaxassis klub bilan 11 sovrin, jumladan 5ta chempionlik titulini qo'lga kiritgan. U ikki bor turinliklarni CHempionlar Ligasi finaliga olib chiqqan va ularda "Barselona" va "Real"ga imkoniyatni boy bergan.
Eslatib o'tamiz, bundan biroz oldin "Yuve" Andrea Pirloni bosh murabbiylikdan istefoga chiqargan edi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar