Allegriga ishonch pasayib ketgan
19 fev 2023 13:13
Yangiliklar
"Football Italia" xabariga ko'ra, "Yuventus" rahbarlarining katta qismi jamoa Massimiliano Allegri qo'l ostida rivoj topishiga ishonmayapti. Ularning fikriga ko'ra, mutaxassis hali ham "eski maktab" bilan ishlaydi. O'z navbatida klub ham o'z maktabiga etibor berishni, jamoani yoshartirish ishlarini boshlashni istamoqda.
Allegrini faqatgina Jon Elkan qo'llab-quvvatlamoqda. U "Yuventus"ga egalik qiladigan "Exor" kompaniyasi bosh direktori hisoblanadi.
Eslatib o'tamiz, 15 ochko olib tashlangan "Yuventus" ayni damda 29 ochko bilan A Seriya turnir jadvalida 10-o'rinda bormoqda.
Fikrlar