Allegri "Yuventus"ni "Real" yarim himoyachisi bilan kuchaytirmoqchi

Alisher
17 noya 2021, 15:33
Madridning "Real" klubida kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotgan ispaniyalik xavbek Marko Asensio transfer bozorida talabga ega bo'lmoqda.

Oldinroq, yarim himoyachiga "Arsenal" va "Roma" klublari qiziqish bildirayotgani xabar qilingan edi, endi ispan bilan "Yuventus" shartnoma imzolamoqchi.

Bitim tashabbuskori "keksa sinora" ustozi Massimiliano Allegri. Murabbiy Asensioga jamoaning markaziy chizig'ini yaxshi darajada kuchaytira oladigan o'yinchi sifatida qaramoqda.

"Qirollik klubi" xavbek uchun 40 million evro taklif qilinsa, futbolchini sotishga tayyor.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Todofichajes