Allegri: “Yigitlar qanday o'ynash lozim bo'lsa, shunday harakat qildi”
13 mar 2019 09:41
Yangiliklar


Allegri: “Yigitlar qanday o'ynash lozim bo'lsa, shunday harakat qildi”
“Yuventus” bosh murabbiyi “Atletiko” ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.
“Yigitlar bu kecha qanday o'ynash lozim bo'lsa, shunday harakat qildi. Madridda biz etarlicha tajovuzkor o'yin ko'rsata olmagandik, bugun esa biz to'g'ri xarakterni namoyish eta oldik. Muvozanatni yo'qotmagan holda hujum qilishda davom etdik. Spinaccola chap qanotda yaxshi o'ynadi. Bernardeski ham, xullas butun jamoa yaxshi o'ynadi. Bunday natijaga erishish uchun jamoaning har bir o'yinchisi ajoyib o'yin ko'rsatishi shart edi”,—deydi Allegri.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar