So’nggi yangiliklar

12:17ОКМК легионер футболчи билан шартнома тузди  1 12:08"Металлург" таркибга легионер ҳужумчини қўшиб олди  0 11:48Евро-2024да порлаган Нико Уильямс ҳақида ҳикоя (Бекзод Толибов блоги)  1 11:19"Навбаҳор" Санжар Қувватов билан шартнома имзолади   3 10:45Ўзбекистон терма жамоаси собиқ футболчиси «Навбаҳор»да  10 10:12«Манчестер Юнайтед» «Олтин тўп»га даъвогар футболчига умумий ҳисобда 450 миллион евро сарфламоқчи  7 09:38Ла лига тўпурари фаолиятини Мадрид жамоасида давом эттиради  2 09:09«Пахтакор» ҳимоячини «Қўқон-1912» жамоасига ижарага берди  1 08:40«Арсенал» 50 миллионлик трансферни амалга оширишга яқин  3 08:09Биринчи даврани «Навбаҳор»да ўтказган яна бир футболчи «Металлург»га ўтишга яқин  18 07:38Санчо Европанинг ТОП клубига кўчиб ўтиши мумкин  1 01:45"Тен Хаг куляптими?" Охара МЮ устозининг соврин ҳақидаги сўзларига эътироз билдирди  4 01:20МЮ бошқа клуб билан келишиб қўйган Фофанага қизиқиш билдиряпти  1 00:45Хосе Венансио Лопес: "Бугун янгича услубда ҳимояландик. Бугунги экспериментимиз биз учун фойдали бўлди"  1 00:42Молиявий қийинчиликка учраётган "Барселона" 12 августгача Уильямс учун 58 млн. евро тўламоқчи  7

Allegri va "Yuventus". Omad va xatolar Yangiliklar

Allegri va "Yuventus". Omad va xatolar

“Yuventus” kuni kecha bosh murabbiyi Allegri mavsum so'ngida jamoadan ketishini rasman elon qildi.

Allegri 5 yil davomida “Yuventus” bilan bir qancha yutuqlarga erishdi. Lekin har bir narsaning ijobiy va salbiy tomoni bo'lgani kabi, uning faoliyatida ham muvaffaqiyatsizliklar bo'ldi. Keling, shularning barini birgalikda yodga olamiz.

Allegri A Seriyada 5 marta chempion bo'ldi, ammo qahramon bo'lolmadi

Agar “Milan” bilan qo'lga kiritgan championligini ham hisobga olsak, u holda Allegri 6 bor chempionat g'olibi sanaladi – bu A Seriya tarixidagi ikkinchi ko'rsatgich (birinchisi — Jovanni Trappatoni – unda ushbu oltin medaldan 7ta!). SHuningdek, Allegri ajoyib shaxsiy statistikaga ega. “Yuve”ning 269 o'yinidan 191tasida g'alaba  qozongan. Yani uchrashuvlarning 71%i turinliklar foydasiga hal bo'lgan – bu “Keksa sinora” murabbiylari orasidagi eng yaxshi natijadir.

Biroq unga Antonio Konte 38 o'yinda 33 marta g'alaba qozongan hamda 102 ochko to'plagan jamoani meros qilib qoldirgandi (2013/14 yilgi mavsum). Bundan tashqari, har mavsumdan avval Allegri pul topishdan ko'ra, ko'proq sarflagandi. U kundan-kunsha kuchayib bordi, ammo shunday vaziyatda ham hech bir mavsumda ulkan yutuqlarga erisha olmagan. Faqat Italiya chempionatiga nazar tashlasak: Kontedan keyingi o'yinlarda Allegri g'alaba qozonib kelganiga qaramay, eng kuchli va daxshatli jamoa bo'la olgani yo'q.

Allegri ECHLning ikki finalida ishtirok etdi. Biroq 7ta gol o'tkazib yubordi...

“Yuventus”dagi 5 yillik faoliyati davomida u ikki marta CHempionlar Ligasi finaliga yo'llanmani qo'lga kiritdi – bu ajoyib natija! Turin klubi tarixida atigi bitta murabbiyni Allegrining bu ko'rsatgichi bilan tenglashtirish mumkin: Jovanni Trappatoni (2 marta). Va faqatgina 1ta murabbiy bu borada ulardan yuqori pog'onani egallagan — Marchello Lippi. U Evropa Kubogining 4ta hal qiluvchi o'yinlarida ishtirok etgan.

Boshqa tarafdan, “Yuve” finalda mag'lubiyatgan uchrash omadsizligiga barham bera olmadi. Allegrigacha “Yuventus” ECHLning 7 o'yinidan atigi 2ta hal qiluvchi bahsda g'alaba qozonolgan edi. Unda esa shunday o'yinlardan 9tasi bo'ldi va u ham 2tasida g'olib bo'ldi. 2015 yilda ajobiy Messi-Suares-Neymar uchligini to'xtatishning qiyin edi. Lekin oradan yarim yil o'tib “Real”ga yirik hisob bilan mag'lub bo'ldi. Ammo eng achinarlisi, o'shanda pley-off bosqichining 6 o'yinida 1ta gol o'tkazgan jamoa madridliklarga g'alabani boy bergani edi.

Allegri taktik jihatdan “Yuventus”ni o'zgartirib yubordi. Ziddiyatlardan ham qochmadi

Antonio Kontening “Yuve”dagi davri uchta himoyachiga asoslangan sxemadan foydalanishi bilan tavsiflanadi. Konte o'yinchilarning o'rnini kamdan-kam hollarda almashtirgan. Mudofaa chizig'idagi futbolchilar soni yana ham kamroq bo'lgan.

Allegrining jamoaga kelishi bilan hech narsa almashmaydigandek tuyulgan edi. Lekin u odatiy formatdan uzoqlashib, o'yin uslubini tubdan o'zgartirib yubordi. 2014 yil, Maks bilan bo'lgan birinchi mavsumoldi yig'ilishidan buyon, Turin klubi 4 himoyachidan iborat taktikaga asosan harakatlanib kelmoqda. SHuningdek, Allegri hujum mexanizmi uchun yaxshi ish beradigan bir necha tadbirlarni taklif qildi: maydon o'rtasiga ikki markaziy yarim himoyachi va bitta tayanch yarim himoyachini tushurish yoki markaziy doira atrofida ikki o'yinchini qoldirib, bitta futbolchini hujum qiluvchi yarim himoyachi zonasiga olib chiqish kerak.

Allegrining Kontedan taktika borasidagi ustun tomoni – o'yinchilarni doimiy ravishda yangi poziuciyalarda sinab ko'rish. Bunga yorqin misol: Mandjukich markaziy hujumdan chap qanotda o'ynay boshladi, Lixshtayner ko'proq o'ng qanotdan maydonga tusha boshladi. Bu borada Dibala bilan bo'lgan “tajriba” yanada qiziqroq. Oxirgi mavsumda u klassik hujumchidan universal o'yinchiga aylandi: o'ng qanotda, hujumchi ortida harakatlanib, hujum qiluvchi yarim himoyachi poziciyasida o'ynadi.

Biroq Dibala biribir qanotda yaxshi o'ynay olmaydi. Bu esa ham o'yinga, ham o'yinchilarning kayfiyatiga salbiy tasir ko'rsatdi va ziddiyatlar kelib chiqdi. Argentinalikning “Yuve”dan ketishi yoki qolishi yozda aniq bo'ladi. Uning bu mavsumdagi “5+6” statistikasi (“gol+pas”) juda ayanchli ahvolda. SHunday ekan, Dibala klubdan ketishga ancha yaqin turibdi. Yangi murabbiyning jamoaga kelishi ham, iqtidorli futbolchini Turin klubi safida olib qolish uchun etarli bo'lmasa kerak.

Allegri klubni yakson qilmadi. Lekin hech kim uning ishlariga qoyil qolmadi

Allegri “Yuventus”da o'tgan besh yil ichida 11ta sovrinni qo'lga kiritdi va ketma-ket 4 yil davomida buni amalga oshirgan top-5 liga tarixidagi birinchi murabbiy bo'ldi. Bunday ko'rsatgich qayd etgan murabbiylar juda kam. Allegri muvaffaqiyatli italiyalik murabbiy sifatida kerak vaziyatda pragmatik bo'lish, sovrinlarga ega chiqishni bilardi. Har qanday qiyinchilikdan chiqib keta olardi. Masalan, 2015/16 yilgi mavsumda “Yuve” davstlabgi 10 turda atigi 12 ochko to'plagan, ammo unga bildirilgan ishonchli oqlash uchun keyingi 26 o'yinning 25tasida g'alaba qozongan.

Biroq Allegrining “Keksa sinora”ning bosh murabbiyligi lavozimidan ketishi hech qanday shok holatlarga sabab bo'lmadi. Hattoki, hech kim havotirga tushmadi, rahbariyatga ortiqcha savollar ham bo'lmadi. “Yuventus” Allegri davrida Italiyaning eng asosiy klubi va raqiblariga kamdan-kamdan-kam holda imkon qoldiradigan jamoa bo'ldi. Lekin ECHL Kubogiga ega chiqish imkonini qo'ldan boy berdi. Bu borada unga dunyoning eng yaxshi futbolchisini sotib olgani ham yordam bermadi. Aynan shu sababli, Allegrining ishlaridan hayratlanmay qo'yishdi. Ammo hurmat qozonish uchun u borini berib ishlagan edi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика