Allegri: "Sampdoriya"ga qarshi o'yin oson bo'lmaydi"
02 may 2015 12:12
Yangiliklar


Allegri: "Sampdoriya"ga qarshi o'yin oson bo'lmaydi"
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri "Sampdoriya"ga qarshi Italiya chempionati 34-tur uchrashuvidan oldin, hozircha "Real" haqida o'ylamayotganini malum qildi.
"Ayni damda bor etiborimiz Italiya chempionatiga qaratilgan. Futbolchilar yaxshi xordiq chiqarishdi va "Sampdoriya"ga qarshi o'yinda eng yaxshilar maydonda bo'ladi. Pirlo bu uchrashuvni o'tkazib yuborishi mumkin. Pogba? U "Real"ga qarshi javob o'yinigacha safga qaytishi kerak.
Bu uchrashuv juda qiyin bo'ladi. "Sampdoriya" o'zining so'nggi uchrashuvlarini omadli o'tkazmagan bo'lsada, ular o'yda juda yaxshi harakat qiladi. Biz maydonga yaxshi kayfiyat bilan chiqishimiz lozim. "Skudetto"ni olish uchun "Yuventus"ga ochkolar kerak" - deydi Allegri.

Fikrlar