Allegri Ronaldu haqida: "Hayot davom etadi. "Yuve"da sovrinlarni jamoa yutadi, bitta futbolchi emas"
10 sen 2021 18:37
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/657142_original.jpg)
![](/upload/storage/657142_220.jpg)
Allegri Ronaldu haqida: "Hayot davom etadi. "Yuve"da sovrinlarni jamoa yutadi, bitta futbolchi emas"
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri forvard Krishtianu Ronalduning jamoadan ketishi borasida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Ronaldu ortiq "Yuventus" safida to'p tepishni istamadi, shu sabab "Manchester Yunayted"ga qaytdi. Bu mavsum Ronaldu uchun "Yuventus"dagi so'nggisi bo'lardi, shu sababli biz bo'ladigan ishning ertaroq bo'lgani yaxshi, deb hisobladik.
Krishtianu "Yuventus"da ajoyib uch mavsumni o'tkazdi va biz unga omad tilaymiz, lekin hayot bu bilan to'xtab qolmaydi. Men nima bo'lishi mumkin edi, degan savolni yoqtirmayman. Buning uchun ishlashda davom etish lozim. "Yuventus"da sovrinlarni butun jamoa qo'lga kiritadi, bitta futbolchi emas.
Sovrinlar uchun kurasha olish va maqsadlarimizga etish uchun bizga yangi maqsadlar va ishtiyoq zarur", – deydi italiyalik mutaxassis.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar