Allegri: "Pyanich kelgani juda yaxshi, Pogba esa hech qaerga ketmaydi"
18 iyu 2016 00:10
Yangiliklar
Allegri: "Pyanich kelgani juda yaxshi, Pogba esa hech qaerga ketmaydi"
- Pyanich "Yuventus"ning o'rtq chizig'i kuchaytira oladigan kam sonli futbolchilardan biri. Pyanichning jamoaga kelishi bizning imkoniyatlarimizni oshiradi. Endi standart vaziyatlaridan rang-baranglik oshadi. Murabbiylar shtabi Pyanichga o'zini ko'rsatishi uchun kerakli imkoniyatlarni taqdim etishi kerak. Pyanich ko'p qirrali futbolchi. Miralem himoya oldida ham hujumchilar ortida ham birdek o'ynashga qodir. Klub Pyanichning transferini amalga oshirish uchun katta ishlarni amalga oshirgani tahsinga loyiq.
Men Moratani jamoada qolishini juda istayman. Bu haqida Alvaroning o'ziga ham aytdim. "Yuventus" Moratani saqlab qolish uchun qo'lidan kelganini qiladi. Morata Turinda qolishi kerak. Pogba? Rahbariyat Pol Pogbani sotmoqchi emas. Men bu borada xotiramman. Pogba Turinda baxti va jamoamizga juda kerak futbolchi.
Fikrlar