Allegri: "Pogba dunyoning eng yaxshi yarim himoyachisi bo'lishiga ishonaman"
25 noy 2014 22:51
Yangiliklar


Allegri: "Pogba dunyoning eng yaxshi yarim himoyachisi bo'lishiga ishonaman"
"Yuventus" jamoasi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Pol Pogbani o'yinini yuqori baholadi.
Pol Pogba so'nggi o'yinlarda o'zini yaxshi taraflama ko'rsatib kelmoqda. "Lacio"ga qarshi uchrashuvda Pol fantastik o'yinni o'tkazdi. Pogba eng zo'r futbolchiga kerak bo'lgan barcha imkoniyat va ko'rsatkichlarga ega futbolchi. Kelajakda Pol Pogba eng yaxshi yarim himoyachi bo'lib etishishiga ishonaman. Pogba o'tgan turda o'zining mavsumdagi eng yorqin o'yinini o'tkazdi deb bemalol ayta olaman.

Fikrlar