Allegri Bonuchchi bilan kelishmovchilik tufayli istefoga chiqishga tayyor edi
24 fev 2017 12:42
Yangiliklar
Allegri Bonuchchi bilan kelishmovchilik tufayli istefoga chiqishga tayyor edi
Agar "Yuventus" rahbariyati himoyachi Leonardo Bonuchchini jamoa bosh murabbiyi Massimiliano Allegri istaganidek jazolashga rozi bo'lmasa, mutaxassis istefoga chiqishga tayyor edi.
"Portu"ga qarshi CHempionlar ligasi 1/8 final uchrashuvidan oldin Bonuchchi Allegri bilan kelishmovchilik tufayli qaydnomaga kiritilmadi. Voqea "Palermo"ga qarshi A Seriya uchrashuvida sodir bo'ldi. Rahbariyat jarima bilan kifoyalanmoqchi edi, ammo murabbiy uning talabi bajarilmasa klubni tark etish bilan tahdid qildi.
Fikrlar