Allegri autsayder bilan durangdan keyin: "Biz ham odammiz"

Mirjalol Normatov
18 mar 2018, 12:16
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Italiya chempionati doirasida SPAL jamoasiga qarshi o'yin haqida gapirdi.

"Men g'azablanmayapman va umidsizlikka tushmayapman. Raqiblar olqishlarga loyiq o'yin ko'rsatdi. Asosiysi gol o'tkazib yubormadik va "Napoli"dan 5 ochko oldindamiz. Barcha "Yuventus" "Lacio" bilan o'yinda ochko yo'qotishini kutgandi, biroq ochkoni bugun yo'qotdik. Jamoa biroz dam olishi kerak, chunki ular 3ta katta turnirda birdaniga kurash olib borishmoqda. Ayni damda A Seriyani boshqarib boryapmiz, YCHLning yarim finalida va Italiya kubogida maydonga tushamiz. Bularning barchasida ishtirok etib, ko'p kuchni yo'qotamiz. "Yuventus" tarkibida odamlar o'ynaydi, robotlar emas", - dedi Allegri.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: euro-football.ru