Allegri APL jamoasida ish boshlashi mumkin
15 mar 2021 23:49
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/625561_original.jpg)
![](/upload/storage/625561_220.jpg)
Allegri APL jamoasida ish boshlashi mumkin
"Lids Yunayted" Massimiliano Allegrining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
"The Boot Room"ning yozishicha, Angliya klubi murabbiyni yozda jamoaga olib kelmoqchi. U argentinalik mutaxassis Marselo Belsaning o'rnini egallashi kutilmoqda. Qayd etilishicha, "Lids" vakillari Allegri bilan muzokaralar olib borgan.
53 yoshli mutaxassis 2019 yilning yozidan buyon ishsiz yuribdi. Bunga qadar u "Yuventus" va "Milan"da ishlab, Italiyaning 5 karra chempioni bo'lgan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar