Allegri: "A Seriya boshqa ligalardan pastroq o'rinda bo'lishi mumkin, ammo o'tgan mavsum 3ta jamoamiz evrokuboklar finalida o'ynadi"
13 apr 2024 12:56
Yangiliklar
Allegri: "A Seriya boshqa ligalardan pastroq o'rinda bo'lishi mumkin, ammo o'tgan mavsum 3ta jamoamiz evrokuboklar finalida o'ynadi"
"Yuventus" ustozi Massimiliano Allegri A Seriya klublarining evrokuboklardagi ishtiroki haqida to'xtaldi.
"Real" - "Siti" o'yinida yuqori texnika va to'p bilan ishlash madaniyati guvohi bo'ldik. Bu o'yinni ko'rib, rohatlandim. Ammo PSJ - "Barselona", "Liverpul" - "Atalanta" va "Milan" - "Roma" bahslari ham yoqdi.
Biz optimist bo'lishimiz kerak. A Seriya boshqa ligalardan pastroq o'rinda bo'lishi mumkin, ammo o'tgan mavsum "Roma", "Inter" va "Fiorentina" evrokuboklar finalida o'ynadi. Bu mavsum bir yarimta jamoamiz Evropa ligasi yarim finalida deyish mumkin, plyus "Fiorentina" Konferenciya ligasida. Bu zo'r" - dedi "Yuventus" ustozi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar