Alle og'ir xastalikdan so'ng "Borussiya" mashg'ulotlariga qaytdi
03 jan 2023 17:56
Yangiliklar


Alle og'ir xastalikdan so'ng "Borussiya" mashg'ulotlariga qaytdi
Sebastyan Alle saraton operaciyasidan keyin oyoqqa turdi.
28 yoshli forvard mashg'ulotlar uchun Dortmundning "Borussiya"si ixtiyoriga qaytdi.
"Sebastyan "Borussiya" Dortmundga qaytganidan va jamoaga qo'shila olishidan juda xursandmiz. So'nggi bir necha hafta juda ijobiy o'tdi. Sebastyan buning uchun telbalarcha kurashdi.
U nihoyatda xush kayfiyatda va maydonga qaytishni xohlaydi. Biz unga bu yo'lda hamrohlik qilishda davom etamiz", – dedi "Borussiya" sport direktori Sebastyan Kel.
Iyul oyida Allega saraton tashxisi qo'yilgan. Hujumchi kimyoterapiya kursidan o'tdi va ikki marta jarrohlik amaliyotini boshdan o'tkazdi.
O’xshash yangiliklar
16:49
Bundesliganing TV bo'yicha 2025/26 yilgi mavsum uchun pul taqsimoti: har bir klub qancha oladi? 1

Fikrlar