Allaniyozov uzoq tanaffusdan so'ng maydonga qaytdi
05 iyu 2015 00:59
Yangiliklar


Allaniyozov uzoq tanaffusdan so'ng maydonga qaytdi
"Nasaf" jamoasi hujumchisi Azamat Allaniyozov jarohatidan to'liq forig' bo'ldi.
Jarohati tufayli uzoq vaqt maydondan tashqarida qolib ketgan "ajdarlar" hujumchisi Azamat Allaniyozov nihoyat safga qaytdi.
O'zbekiston kubogi chorak final doirasidagi "Paxtakor-2"ga qarshi o'yinda "Nasaf" hujumchisi Azamat Allaniyozov ikkinchi bo'limda zaxiradan maydonga tushdi. Hujumchi o'zining maydonga qaytishini ikkita gol bilan nishonlashga erishdi.
Eslatib o'tamiz, "Nasaf" mehmonda "Paxtakor-2" klubini yirik 6:0 hisobida mag'lub etdi.

Fikrlar