Alkantara: "Beyl, Robben va Riberi bir xil poziciyada o'ynashadi"
21 iyu 2019 20:55
Yangiliklar


Alkantara: "Beyl, Robben va Riberi bir xil poziciyada o'ynashadi"
"Bavariya" yarim himoyachisi Tiago Alkantara "Real" vingeri Garet Beylning myunxenliklarga ehtimoliy transferi haqida fikr bildirdi.
"Men uchun hammasi oddiy: "Bavariya" kabi top jamoada o'ynashni xohlayotgan istalgan yuqori darajali futbolchini ko'rishdan xursand bo'laman. Garet uchun eshiklarimiz ochiq. Robben, Riberi va Beyl bir xil poziciyada o'ynashadi. O'tgan mavsum yakunida klub afsonalari Robben va Riberi jamoani tark etishdi. Garet bizga o'tishni xohlasa, bu erda top darajadagi futbolchini quvonch bilan kutib olamiz", - deydi Alkantara.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar