So’nggi yangiliklar

12:13Расман: Жасур Жалолиддинов — "Сўғдиёна" футболчиси  0 12:01"Нефтчи" ёзги трансферлар ойнасидаги илк юришини амалга оширди   2 11:31Халқаро турнир. Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг Жанубий Кореяга қарши таркиби маълум  0 11:15Факт: "Қўқон-1912" Жиззахда ҳали ғалаба қозонмаган   0 10:50Нико Уильямснинг “Барселона“га трансфери барбод бўлишга яқин  13 10:21МЮ “Интер“ футболчисини 40 миллион еврога сотиб олиши мумкин  3 09:53“Барселона“ футболчиси “Челси“га ўтиши мумкин  4 09:24Италиянинг машҳур жамоаси расман профессионал мақомидан айрилди  1 08:55Алонсо “Реал“нинг етакчиларидан бирини АПЛ жамоасига сотишга розилик берди  11 08:26Клублар ўртасидаги ЖЧда иштирок этаётган Европа жамоалари кечаги машғулотларни бир дақиқалик сукут билан бошлашди  0 07:58Суперлига. Бугун 15-тур баҳслари давом эттирилади  2 07:30Ўзбекистон МТЖга номзод футболчи иккинчи даврани “Сўғдиёна“да ўтказади  4 01:19"Милан" "Торино" футболчисининг трансферини эълон қилди  0 01:13"Милан" Асенсио билан музокаралар ўтказмоқда  0 00:45"Ливерпуль" 20-рақамни "музлатди"  22

Aliu Sisse – Senegalning superqahramoni. 2002 yilgi mo'jizali jamoa sardori endi termani pley-offga murabbiy sifatida olib chiqdi Yangiliklar

Aliu Sisse – Senegalning superqahramoni. 2002 yilgi mo'jizali jamoa sardori endi termani pley-offga murabbiy sifatida olib chiqdi

Uni megaqattiqqo'l deyishadi.


Senegal terma jamoasi bosh murabbiyi Aliu Sisse JCH-2022 dastlabki qismining eng asosiy memlaridan birining qahramoniga aylandi.

"Nega Snup Dogg Senegalni boshqarmoqda?", – bu tvit Senegal – Niderlandiya o'yini vaqti shunchalik tarqalib kettiki, bu hatto Snup Doggning o'ziga ham etib bordi. U hazilni repost qildi va futbol to'pining emodzisini qo'shib qo'ydi.



Sisse aslida Jahon chempionatining eng qattiqqo'l murabbiylaridan biri. Futbolchilar uni anonim tarzda diktator deb atashadi, muxlislar va jurnalistlar esa yoqtirishadi, sababi u bo'sh Senegalni kuchli jamoaga aylantirgan holda JCH pley-offiga olib chiqdi. Bu 20 yil o'tib amalga oshdi, Sisse buyuk Jahon chempionati-2002da ham yulduz edi.


Sisse – Senegal afsonasi. JCH-2002da sardor bo'lgan va jamoani JCH-2018 pley-offiga olib chiqishiga bir bahya qolgan


Senegal to'rt yil oldin JCH-2018 pley-offiga chiqa olmadi va bundan ko'pchilik xafa bo'ldi. Afrikaliklar guruhda uchinchi o'rinni egallashdi, ammo sariq kartochkalar (tarixda shunday holda ilk marta jabr ko'rishdi) sabab Yaponiyani o'tkazib yuborishdi. Sisse bundan nolidi, ammo FIFA va Jahon chempionati reglamentini yomonlamadi.



"Biz feyr-pley reytingi sabab chiqa olmadik, ammo men baribir jamoadan juda ham faxrlanaman, – dedi u. – Keyingi bosqichga o'tishni xohlagandik, lekin sariq kartochkalar sabab chiqib ketdi. Ammo, qoida shunaqa, biz unga bo'ysunamiz, uni hurmat qilish kerak".



Sisse qoidani tanqid qilmaydi. Sababi uning o'zi unga maksimal tarzda hurmat bilan qaraydi va Senegal terma jamoasini qoidalar va intizom asosida qurgan.

"Aliu Sisse – barcha narsaga juda ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'ladi, – deydi Teranganeews.com'dan senegallik jurnalist Mamadu Nyang. – Unda g'oliblik xarakteri bor, u yutqazmaydi – hazil qilmaydi va futbolchilar bilan xursandchilik qilmaydi.

Sisse – Senegal futboli afsonasi, hozir esa balki uning butun tarixidagi asosiy insondir. U o'tgan asr so'nggida "Lill" va PSJ sharafini himoya qilgan, 2002 yilda esa chorak finalga chiqqan Senegal sardori bo'lgan.




Aliu yigirma yil o'tib yana chorak finalga yaqinlashmoqda. Bu safar futbolchilarning maydondagi har bir harakatini boshqaradigan murabbiy sifatida. U standartlarda nima qilish kerakligini aytadi va o'yinni nazorat qiladi.

"Jamoa yutqazganda, uxlay ham, ovqat ham eya olmayman, – dedi u Les Ochos'ga. – Bunday vaziyatlarda hayotim chidab bo'lmas darajaga keladi. Men yutqazishni umuman yoqtirmayman".



Ammo, Sissening asosiy kuchi motivaciya (garchi u JCH-2018ning muhimligini aytib yig'lagan va shu orqali jamoain ruhlantirgan bo'lsa ham) va taktika (asosiy yulduz Sado Manedan so'ng jamoani qayta qura olgan bo'lsa ham)da emas, balki tez-tez Afrika jamoalariga etishmaydigan yuqori intizomdadir.


Sisseda o'zini tutish qoidalari bor: unga ko'ra, kalyan chekish va kechasi sayr qilish mumkin emas


"Meni Yayya Jamme (1996-2017 yillardagi Gambiya prezidenti), Gitler deyishganini bilaman, ammo men oddiy insonman, – deydi Aliu Sisse. – Agar nimadir o'xshamayotgan bo'lsa, niqob kiyib va hammasi yaxshidek tabassum qilmasdan, bu haqda gapiraman. Meni shunday nomlar bilan atashdi, ammo hali hech kim men futbolchilar bilan aynan qanday gaplashayotganimni eshitmagan.

O'zini tutish qoidalari sabab barcha futbolchilar ham Sisse bilan ishlashdan xursand emaslar. Bu terma jamoa azolari uchun qoidalar to'plami.



Ulardan bazilari – kechasi yurmaslik va kalyan chekmaslik.

"Sisse kelgunga qadar o'yinchilar kechasi ko'chada sayr qilishlari mumkin edi. Ularda ozodlik bor edi, – deydi jurnalist Nyang. – Sisse qo'l ostida esa buning iloji yo'q. Terma jamoadagi barcha faqat futbol haqida o'ylaydi. Mashg'ulotlar – tiklanish, hech qanday ko'cha yo'q. Faqat shunday!"



Senegal terma jamoasida Sissening harakatlari sabab yulduz maqomiga o'rganib qolgan Demba Ba, Papiss Sisse, Papi Jilobodji va boshqa yorqin senegalliklar o'ynashmagan.

"U bizga aytdi: "Men shunday ishlayman. Bunga qo'shilmaganlarga ketishga ruxsat beraman", – deb aytdi anonim ravishda Senegal terma jamoasi o'yinchilaridan biri.

Endi jamoada Sisse bilan oxirigacha borishga tayyor bo'lganlar bor.



"Aliu Sisse – g'olib, – deydi Senegalning asosiy muxlislar fan-klubi Le 12ème Gaindé'ning prezidenti Mussa Geye. – Biz bazida gaplashamiz, u juda yaxshi inson. Yoqimli, oddiy, katta yurakka ega inson. Ammo, shu bilan birga barchaga qattiqqo'l.

Uning qanday o'ynaganini ko'ring! U hatto El Xadji Diufga ham baqirgan. Va huddi shunday murabbiy! Talabga to'g'ri munosabatda bo'lish kerak, sababi u natija bermoqda. Ammo, u aniq diktator emas. SHunchaki Senegalda har qanday talabchan va qattiqqo'l murabbiyni diktator deyishadi. Sisse esa o'z ishiga puxta inson".



Va aynan shu puxtalik Senegalga baxtni qaytardi. 20 yil o'tib.


Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика