So’nggi yangiliklar

11:25Эронлик эксперт: "Юсуфи майдондан тўғри четлатилди, Алижонов ва пенальти бўйича қарор ҳам ўринли, бироқ..."  4 10:41Испания терма жамоаси ҳужумчи бир ойга сафдан чиқди  1 10:05Луис Суарес Лига кубоги финалида рақибига тупургани учун МЛСда учта ўйинга дисквалификация қилинди  3 09:38Расман. АПЛдаги илк истеъфо содир бўлди  6 08:55Бугун U-17 терма жамоамиз Марокашга қарши майдонга тушади  4 08:26Бугун Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Осиё кубогига йўлланма олиши мумкин  12 07:58ЖЧ-2026. Яна бир терма жамоа мундиал йўлланмасини қўлга киритди  3 07:30Юртбошимиз ташриф буюрган, Ўзбекистон МТЖ чемпионликни қўлга киритган мусобақанинг тақдирлаш маросимидан ФОТОГАЛEРEЯ  3 07:13CAFA Nations Cup-2025. Ўзбекистон - Эрон 1:0  25 02:00ЖЧ саралаши. Италия Исроил дарвозасига 5та гол урди, Швеция кутилмаганда мағлубиятга учради  13 00:42CAFA Nations Cup-2025. Энг яхшилар аниқланди ва ғолибга соврин топширилди  45 00:30Муҳаммадрасул Абдумажидов Бельгия клубига ўтмайди  6 00:14Славен Билич Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийига айланиши мумкин  82 00:05Тимур Кападзе: "Эрон терма жамоаси қачон рози бўлган ўзи?"  136 23:00Қозоғистон Президенти Тоқаев: "Футбол клубларини хусусийлаштириш бўйича ишларни тезлаштириш керак. Бусиз футбол ривожланмайди"  4

Alissonga o'yin davomida ikki marta qizil kartochka ko'rsatildi, lekin u maydondan chetlatilmadi Yangiliklar

Alissonga o'yin davomida ikki marta qizil kartochka ko'rsatildi, lekin u maydondan chetlatilmadi

Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Braziliya Ekvadorga qarshi tragikomedik bahs o'tkazdi.

Braziliya terma jamoasi 2022 yilgi jahon chempionati yo'llanmasini allaqachon qo'lga kiritdi, ammo bu uning qiziqarli o'yin ko'rsatishiga to'sqinlik qilmadi, bunga ekvadorliklar ham yordam berib yuborishdi.

Braziliyaliklar uchrashuvda tezda hisobni ochishdi, Kazemiro 6-daqiqadayoq bir necha santimetr masofadan gol urdi, ammo bu esda qoladigan asosiy voqea emas.

Keyingi voqealarni esa shunchaki tomosha qilish kerak edi — turlicha qarorlar, bir qarasang komediya, bir qarasang drama.

13-daqiqada braziliyalik Mateus Kunya raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqdi, lekin ekvadorlik darvozabon Aleksandr Dominges taekvondo uslubida uning naq bo'ynini nishonga oldi. Darvozabon VAR yordamida chetlatildi, qizil kartochka darhol ko'rsatilmagani g'alati holat.

Braziliyaliklar ko'pchilik bo'lib atigi 7 daqiqa o'ynashdi, chunki 20-daqiqa o'tib borayotgan bir pallada "Tottenxem" o'yinchisi Emerson Royal ikkinchi sariq kartochkasini ishlab oldi. Ikkinchisi raqib yo'liga to'g'anoq bo'lgani uchun ko'rsatildi.

Qizil rang festivali 26-daqiqada yanada avjiga chiqdi: endi Alisson maydondan badarg'a qilingan poziciyadoshiga nimalarga qodirligini isbtlash uchun oyog'ini raqib futbolchisi tomon ko'tardi va bo'ynining orqa tomonini nishon qildi.

Ammo bu safar VAR chetlatishni bekor qildi, chunki ular birinchi bo'lib to'pga "Liverpul" posboni o'ynagan deb topishdi. Bunday karate usuli uchun hakam tomonidan faqatgina sariq kartochka ko'rsatildi.

VARdagi ko'rishlar, to'xtalishlar, kartochkalar tufayli birinchi bo'limga 10 daqiqa qo'shib berildi.

Ikkinchi bo'lim ham xuddi shu birinchidagisi singari davom etdi: masalan, taym boshida Rafinya o'z jarima maydonida raqib oyog'ini bosib olgach, hakam braziliyaliklar davrozasi tomon penalti belgiladi, lekin VAR bilan bog'lanib, qarorini bekor qildi.

Ekvador keskin kurashlar natijasida oxir-oqibat hisobni tenglashtirdi, ammo bu o'yindagi eng qiziq voqea emasdi, ha, ha, gollarni unutavering, ular kulminaciya emasdi.

Taymga qo'shib berilgan daqiqalarda hakam jarima maydonchasidagi qo'pollik uchun Alissonni ikkinchi marta maydondan chetlatdi va yana braziliyaliklar darvozasiga penalti belgiladi.

Keyinchalik hakam VAR yordamida vaziyatni ko'rib chiqqach, yana qarorini bekor qildi. Alisson ikki marta qizil kartochka oldi va ikkalasida ham maydonda qoldi!

Xayriyatki, uchinchisiga vaqt etmay qoldi, o'yin 1:1 hisobida yakunlandi.

"Menimcha, bu futbol tarixida birinchi marta [bir o'yinda ikkita qizil kartochka olib, bahs oxirigacha to'p terish] sodir bo'ldi. O'ylaymanki, barcha bahsli vaziyatlarda to'g'ri harakat qildim, — deya javob qaytardi braziliyalik darvozabon. — Bu jarayon VARdan foydalanish qanchalik muhimligini yana bir bor isbotlaydi".

Ammo Ekvador terma jamoasi bosh murabbiyi Gustavo Alfaro hakamliklar norozi bo'ldi.

"Biz hayratdamiz. Menimcha, VAR futbolning mohiyatini o'ldiradi. Biz mamlakat uchun tarixiy g'alaba qozonish imkoniyatimizdan mahrum bo'lganimizni his qilyapmiz. Men xohlagan yagona narsa — adolat. Ekvador jahon chempionatiga chiqish imkoniyati uchun o'ynadi va biz qancha vaqt va kim bilan to'qnashishimizdan qatiy nazar, kurashni davom ettiramiz", — dedi Alfaro.

Gustavoning umidsizlikka tushishini tabiiy hol. Agar Ekvador g'alaba qozonsa, Qatardagi mundial chiptasini deyarli kafolatlashi mumkin edi: hozirda Janubiy Amerika saralash bosqichida ekvadorliklar 24 ochko bilan uchinchi o'rinda bormoqda, jahon chempionatiga beshta jamoa to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma oladi, beshinchi o'rindagi Kolumbiya ayni damda 17 ochkoga ega bo'lib turibdi.

Ekvador keyingi o'yinlarini Peru, Paragvay va Argentinaga qarshi o'tkazadi, bu bahslar oson bo'lmaydi, ammo hozirgi ko'rinishida jamoa 2022 yilgi jahon chempionatining ishtirokchilaridan biriga aylangandek taassurot uyg'otmoqda.


Ekvador – Braziliya 1:1 (0:1, 1:0)

Gollar: 0:1 – 6 Kazemiro, 1:1 – 75 Torres.

Ekvador – Dominges, Presiado (Kaysedo, 66), Torres, Inkapie, Estupinyan, Grueso (Presiado, 66), Franko (Galindes, 18), Kaysedo (Mendes, 86), Plata, Valensiya, Estrada (Karselen, 85).

Braziliya – Alisson, Emerson, Tiago Silva, Militao, Aleks Sandro, Kazemiro, Fred, Koutino (Dani Alves, 33), Rafinya (Antoni, 63), Mateus Kunya (Gabriel Barboza, 78), Vinisius Junior (Gabriel Jezus, 63).

Ogohlantirishlar: Emerson (1), Alisson (31), Rafinya (42), Militao (45), Valensiya (70), Kaysedo (78).

CHetlatishlar: Dominges (15), Emerson (20).

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика