Alisson raqamini almashtirdi
01 iyu 2019 23:55
Yangiliklar
Alisson raqamini almashtirdi
"Liverpul" posboni Alisson Beker libosidagi 13 raqamni 1ga almashtirdi.
Avvalroq, bu son hozirda "Beshiktosh"da ijara asosida o'ynayotgan Loris Kariusga tegishli edi.
Alisson o'tgan yilning yozida «Roma»dan mersisaydliklar safiga kelib qo'shilgandi. "Qizillar"dagi ilk mavsumidayoq u ECHL titulini qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldi. SHuningdek, musobaqaning ramziy terma jamoasidan joy olib, APLda mavsum yakunlariga ko'ra eng yaxshi darvozabonga topshiriladigan "Oltin qo'lqop" sovriniga ham ega chiqdi.
Umuman, 26 yoshli braziliyalik posbon yakunlangan mavsum klub safida 51ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 36ta to'p olib chiqdi.


O’xshash yangiliklar
17:58
"Real" "Bavariya" yulduzini o'z safiga qo'shib olmoqchi. Madridliklarning bu borada ikki raqibi bor 0
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar