Alisson "Liverpul" uchun yubiley o'yinda qatnashdi
27 okt 2022 13:03
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/724044_original.jpg)
![](/upload/storage/724044_220.jpg)
Alisson "Liverpul" uchun yubiley o'yinda qatnashdi
U umumiy 200 ta o'yin o'tkazib, shulardan 90 tasida darvozani "quruq" saqladi.
"Ayaks" bilan CHempionlar Ligasi o'yini "Liverpul" posboni Alisson uchun yubiley uchrashuv bo'ldi.
Braziliyalik darvozabon 200-marta mersisaydlar libosida maydonga tushdi. Uning jamoasi 3:0 hisobida g'alaba qozondi.
Alisson 2018/19 yilgi mavsumdan beri "Liverpul" sharafini himoya qilib kelmoqda. Bu vaqt ichida uning hisobidagi "quruq" o'yinlar soni 90 taga etdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar