Alisson "Lev Yashin sovrini" haqida: "Buni omad deb hisoblamayman"
03 dek 2019 12:49
Yangiliklar
Alisson "Lev Yashin sovrini" haqida: "Buni omad deb hisoblamayman"
Braziliya terma jamoasi va "Liverpul" klubi darvozaboni Alisson Lev Yashin nomidagi sovrinni olganidan keyin fikrlarini bildirib o'tdi.
"Bunday sovrinni olish ulkan sharaf. Oilamga va meni qo'llab-quvvatlagan barcha insonlarga minnatdorchilik bildiraman. Taqdirlash marosimi uchun Braziliyadan kelgan ota-onamga rahmat.
Buni omad deb hisoblamayman. Bu nemat va men bundan minnatdorman. "Liverpul"dagi sheriklarimga alohida rahmat deyman, ularsiz sovrin haqida orzu ham qilolmasdim", - dedi Alisson.
Alisson Lev Yashin nomiagi sovrin (Yachine Trophy)ning birinchi g'olibiga aylandi.

Eslatib o'tamiz, 27 yoshli kiper 2018-2019 yilgi mavsum CHempionlar ligasi g'olibi bo'ldi, terma jamoasi bilan esa Kopa Amerika-2019da chempionlikni qo'lga kiritdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди
Суперлиганинг янги мавсумига қуръа ташлаш маросими бўлиб ўтди (тўлиқ тақвим)
Хитой компанияси "Истиқлол" стадионини реконструкция қилиш ва кенгайтириш бўйича лойиҳа таклиф этди
Туркманистон терма жамоаси футболчиси "Арал"га ўтди
Fikrlar