Alison: "Klopp "Liverpul" futbolchilariga o'g'illaridek qaraydi"
13 mar 2019 14:00
Yangiliklar


Alison: "Klopp "Liverpul" futbolchilariga o'g'illaridek qaraydi"
"Liverpul" darvozaboni Alison Beker jamoa bosh murabbiyi Yurgen Klopp futbolchilarga qanday munosabatda bo'lishini aytib berdi.
"U ajoyib inson. Klopp odamlar bilan yaxshi chiqishadi. U bizga o'g'illaridek qaraydi va hammani teng ko'radi, xodimlarni ham. Klopp ko'p hazil qiladi, ish paytida esa undan jiddiy insonni topish qiyin bo'ladi. U o'yin vaqtida futbolga bo'lgan mehrini biz bilan baham ko'radi" - deydi Alison.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar