Alisher Yusupov: Jarohatlardan keyin hali o'z o'yinimizni topa olmayapmiz
01 iyu 2016 10:56
Yangiliklar
Alisher Yusupov: Jarohatlardan keyin hali o'z o'yinimizni topa olmayapmiz
Oliy liga 10-turidan joy olgan Qizilqum - Metallurg uchrashuvidan (1:1) so'ng, mezbonlarning mohir himoyachisi Alisher Yusupovning o'yin haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.
- Bu yilgi mavsumda muxlislar Qizilqumdan chiroyli g'alabalar talab qilishmoqda, - deydi Alisher Yusupov. - Garchi, chempionatni yaxshi natijalar bilan boshlagan bo'lsak-da, oxirgi turda ularni xursand qila olmaganimizdan xijolatdamiz. To'g'ri, men kiritgan gol evaziga mag'lubiyatdan qutulib qoldik. Ammo bu natijadan jamoadoshlarim qoniqishmadi. Jarohatlardan keyin hali o'z o'yinimizni topa olmayapmiz.
Navbatdagi turda chempionat peshqadamlaridan biri - Bunyodkor jamoasi mehmoni bo'lamiz. Unda albatta muxlislarimizni quvontirish uchun bor mahoratimizni ishga solishga harakat qilamiz.
Qizilqum PFK Matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar