Alisher Usmonovning jiyani APL klubi direktorlar kengashidan o'rin oldi
14 iyu 2021 19:35
Yangiliklar
Alisher Usmonovning jiyani APL klubi direktorlar kengashidan o'rin oldi
O'zbekistonlik 26 yoshli ishbilarmon "Everton" klubi direktorlar kengashida klub xo'jayini eronlik Farhod Moshirining vakili sifatida ishtirok etish bilan birga, klubning Alisher Usmonovga tegishli USM Holdings kompaniyasi bilan aloqalarini mustahkamlash bilan shug'ullanadi.
"Everton" klubi direktorlar kengashiga azo bo'lish – men uchun katta faxr. Bu katta masuliyat ekanligini tushunib turibman. Direktorlar kengashi va klub rahbariyatiga menga bildirilgan ishonch uchun minnatdorchilik bildirib qolaman.
Bu klubni juda yaxshi ko'raman. Jamoa ravnaqi uchun yangi g'oyalarim bilan ishtirok etib, bor kuch va imkoniyatlarimni ishga solishga tayyorman. Biz yangi erani boshlayapmiz va faqat oldinga qarab katta ishonch bilan harakat qilishda davom etamiz», - deydi Ismoilov.
Eslatib o'tamiz, Sarvar Ismoilov 2019 yildan buyon "Everton" klubining ayollar jamoasi sport va tijoriy direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.
Malumot uchun, "Everton" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoani tark etib, "Real" bosh murabbiyiga aylangach, uning o'rnini Rafael Benites egalladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar