So’nggi yangiliklar

23:50Александр Ляказетт Саудия Арабистони юқори дивизиони дебютанти таркибига бориб қўшилди  0 23:16Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал Мадрид" – "Ювентус". Таркиблар аниқ!  6 22:45"Вест Ҳем" молиявий фейр-плей сабаб Кудусни "Тоттенхэм"га арзонроққа сотиши мумкин  0 21:55"Фенербахче" Шкринярнинг тўлиқ трансфери устида ишламоқда  0 21:29Карвахаль ўзига рақобатчи бўлган Трентнинг "Реал"га келгани ҳақида гапирди  6 21:09Давиде Анчелотти "Реал"даги энг ёмон ҳолат ҳақида гапирди  0 20:45Клублар ўртасидаги ЖЧда яна бир Беллингем порламоқда. У "Боруссия" учун инглиз топ клублари таклифларини рад этган  2 20:19Расман: Кепа "Арсенал"га ўтди  0 19:49"Арсенал" қанотни кучайтирмоқчи, лекин Мартинелли қолади  0 19:22"Футбол олами". Қаршида "триллер" рўй берди, "Навбаҳор"дан 6:0, "Бунёдкор"да суперкамбэк  1 19:06"Монако" "Барселона" ҳужумчисини ижарага олди  3 18:38"Арсенал" "Челси" вингери учун таклиф юборди  3 18:10Хаби Алонсо Родригонинг "Реал"даги роли ҳақида гапирди  2 17:43"Атлетико" "Барселона" ярим ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  3 17:21"Сурхон" Олмалиқда ОКМКни ожиз қолдирган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0

Alisher Usmonov "Virtus Pro"ga 100 mln. dollar sarmoya kiritadi Yangiliklar

Alisher Usmonov "Virtus Pro"ga 100 mln. dollar sarmoya kiritadi

Millirder Alisher Usmonovga tegishli "USM Holdings" kompaniyasi "Virtus Pro" nomli kibersport tashkilotiga 100 mln. dollarga yaqin sarmoya kiritadi.

Bu haqida Cyber.Sports.ru nashriyotiga kelib tushgan malumotnomada malum qilingan.

"USM Holdings" direktorlar kengashi raisi Ivan Streshinskiyning so'zlariga ko'ra, kibersport - sport, media-biznes va internetning chorraxasida joylashgan noyob narsa. Streshinskiyning fikricha, "USM" kiritgan sarmoya kibersport rivojlanishiga katta xissa qo'shadi va "Virtus Pro" loyihalarini yangi darajaga olib chiqadi.

"Asosiy maqsadimiz - Rossiyada kompyuter sportini ommalashtirish va "USM" sarmoyasi bunga yordam beradi. Birinchi navbatda bu pullar turli o'yinlar bo'yicha yangi turnirlar, media kanallar yaratilishi va ularni yoritilishiga ishlatiladi" - deydi "Virtus Pro" boshqaruvchilaridan biri Anton CHerepennikov.

Anton CHerepennikov 2015 yilning avgustida Moskvada kibersport arenasi qurish niyatida ekanligini aytgan edi. Uning detallarini sentyabrda elon qilmoqchi edi, ammo bu endi malum bo'ldi.



"Virtus Pro" - eng ko'p taqdirlangan Rossiya kibersport tashkilotlaridan biri. Bu tashkilot 2003 yildan beri mavjud. Uning tarkibida Dota 2, Heroes of the Storm i Counter-Strike: Global Offensive o'yinlari bo'yicha jamoalar bor.


"USM Holdings" - xalqaro kompaniya. Bu kompaniya metallurgiya va tog' qazilmalari, telekommunikaciya, internet va media sohasidagi akciyalarga egalik qiladi. Uning asoschisi Alisher Usmonov "Bloomberg"ning 2012 soniga ko'ra Rossiyaning eng boy kishisi deb topilgan. Tadbirkorning boyligi 20 mlrd. dollarga baholanmoqda.


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика